To‘rtko‘lda “Vatanim - obod qo‘rg‘onim” nomli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi (video)

21.08.2018, 12:34

To‘rtko‘lda “Vatanim - obod qo‘rg‘onim” nomli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi (video)

To‘rtko‘l tumanida O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bag‘ishlangan “Vatanim – obod qo‘rg‘onim” shiori ostida “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” Respublika ijodiy ko‘rik-tanlovining targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, yozuvchilar, jurnalistlar va yoshlar ishtirok etdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari Sharapat Otemisov tadbir ishtirokchilariga “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” respublika ijodiy tanlovi haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan yoshlarga “Aziz va yagonamsan jonajon O‘zbekistonim!”shiori ostida kitobxonlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari To‘rtko‘l tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan tanishdi. Jumladan oilaviy tadbirkor Karamatdin Nurullayev xonadonida bo‘lib, oilaviy usta hunarmandlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, aholiga 15 yildan buyon sifatli mebel mahsulotlarini yetkazib berish bilan shug‘illanib kelayotgan tadbirkor Azizbek Kenjayev rahbarligidagi “Alken mebel” MChJga ham tashrif buyuurib, korxonaning ish faoliyati bilan tanishdi. Korxonada hozirgi paytda 20 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlangan. Xitoydan yangi uskunalar olib kelinshi bilan bu yerda yana 10 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Targ‘ibot tadbiri doirasida tadbir ishtirokchilari Istiqlol yillarida tuman markazida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan xam tanishdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1410
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Б.Отешова-УзЛиДеП Конликул туман Кенгаши2018-08-27 09:39:55

Утказилаётган маънавий-маърифий тадбирлар ижодкорларни янада илҳомлантиради. Тадбиркорлар учун яратилаётган имкониятлардан туғри фойдаланиб, эл корига яраётган тадбиркорларнинг ишларида омад тилаймиз. мустакиллик байрами барчага муборак булсин.


Fikringizni qoldiring

+