Manasda “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” tanlovi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

25.08.2018, 11:05

Manasda “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” tanlovi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Do‘stlik tumani Manas qishlog‘idagi  Ma’daniyat markazida “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” tanlovining taqdimotini o‘tkazdi. Unda shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Vatanim – obod qo‘rg‘onim” mavzuida ochiq muloqot ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi vakillari, yozuvchi va shoirlar, ijodkorlar, jurnalistlar, tadbirkor va fermerlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Ko‘tarinki ruxda o‘tgan muloqot davomida zamonamiz qahramonlari bo‘lmish ishbilarmon, tadbirkor, fermerlar siymosini badiiy asarlar, publitsistik maqolalar, teleko‘rsatuvlar orqali yaratishga chog‘langan ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zLiDeP tomonidan tashkil etilgan respublika ko‘rik tanlovi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

– Ijodkorlarning tadbirkor va fermerlar oldida qarzlari ko‘p. Chunki ishbilarmonlarning mamlakatimiz ravnaqi, el obodligi, dasturxonlarimiz to‘kinligi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarini qog‘ozga tushirish va zamonamiz qahramonlari obrazini yaratish ijodkorlardan katta mas’uliyat talab qiladi, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi mas’ul kotibi Mehribon Abduraxmonova. – Shu ma’noda, O‘zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tanlov yozuvchi va ijodkorlarimizga ham o‘ziga xos jishoat, g‘ayrat bag‘ishlaydi.  

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1048
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бахтиёр Исмоилов- Ғиждувон туман ижрочи котиби2018-08-25 12:25:54

“Фаол тадбиркор – ижодкор нигоҳида” танлови ҳозирги кундаги энг зарбдор бўлган жиҳатни ўз ичига олган танловдир. Бу танлов натижасида халқимизнинг тадбиркорликка бўлган муносабати яна бир бор ўсишига эришилади деб ўйлайман. Ташкилотчиларга катта рахмат, бундай танловлар давомий бўлсин.


Fikringizni qoldiring

+