Oshkora muloqot – muammoga yechim topadi

25.08.2018, 14:08

Oshkora muloqot – muammoga yechim topadi

O‘zLiDeP Olmazor tuman Kengashi va Yoshlik talabalar shaharchasi Kengashi faollari aholi turmush tarzi bilan yaqindan tanishish va ularni o‘ylantirayotgan muammolarni aniqlash maqsadida “Yuqori Sebzor” MFYga bordi.

Dastlab partiya faollari davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan “Obod mahalla” dasturi doirasida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shamaxmud Shaaliyev bilan birgalikda uyma-uy yurib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi, odamlarni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi va ularni hal etish choralarini ko‘rdi. 

Uyma-uy yurish jarayonida, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ahvoli o‘rganildi. Ishsiz bo‘lgan oilalarni aniqlash va xonadonlardagi boshqa muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirildi.

–Mahallamizda 1565 ta xonadon bo‘lib, ularda 5 ming 890 nafar aholi istiqomat qiladi, – deydi “Yuqori Sebzor” MFY raisi Sh.Shaaliyev. – Shu bois, hozirda hududimizda “Obod mahalla” dasturi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni chog‘da esa bolalar sport maydonchasi va aholi dam olishi uchun maxsus joylarni qurish ishlari boshlab yuborilgan.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar ham berildi.

Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1103
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жасурбек Кадиров-O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-25 15:36:58

Юқоридагилар билан бир қаторда, партия ҳодимлари биринчи навбатда аҳолини тобора яқинлашаётган энг улуғ энг азиз байрам – Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 27 йиллиги ва муборак Қурбон ҳайити байрами билан табриклади. Шунингдек, мамлакатимизда амалга оширилаётган “Обод маҳалла” дастурлари доирасида олиб борилаётган амалий ишлар, “Yoshlar kelajagimiz” ҳамда “Ҳар бир оила-тадбиркор” дастури доирасида тадбиркорлик билан шуғулланиш истаги бор ёшларга ва ҳар бир оилага имтиёзли кредитлар ажратилиши, ушбу дастурларнинг ҳаётий жиҳатлари тўғрисида маълумот берилди. Ташриф чоғида партия фаоллари давлатимиз раҳбари томонидан ишлаб чиқилган “Обод маҳалла” дастури доирасида ҳудудда олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди.


Х.Тўраев Жиззах2018-08-25 14:30:36

Партиямиз аҳоли турмуш шароитини ҳамда муаммоларни ўрганмоқда.


Fikringizni qoldiring

+