Yoshlar – mustaqil O‘zbekiston kelajagi

25.08.2018, 14:27

Yoshlar – mustaqil O‘zbekiston kelajagi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va Chilonzor tuman Kengashi hamkorligida eng ulug‘, eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, partiyaning shahar va tuman kengashi xodimlari, iqtidorli yoshlar, yosh tadbirkor va fermerlar, shuningdek, taniqli san’atkor, shoir hamda yozuvchilar ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, mustaqillik tufayli mamlakatimiz yoshlari jamiyatda o‘z o‘rnini topib, ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Bugungi o‘zbek yoshlari nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosdagi madaniy-ma’rifiy, ilm-fan, sport yo‘nalishidagi nufuzli tadbirlarda qatnashib, yuksak marralarni zabt etmoqda.  

–Vatanimiz taraqqiyoti, dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari qatoridan munosib o‘rin olishi ko‘p jihatdan unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning salohiyati, bilimga chanqoqligi va ilmu fan cho‘qqilarini o‘zlashtirishiga bog‘liq, – deydi O‘zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi apparat rahbari Abdunabi Muxrimov. ­ – Shu bois, keyingi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlar uchun barcha sharoit va keng imkoniyatlarni yaratib berish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bu e’tiborning samarasini yoshlarimiz turli sohalarda erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. 

Bayram tadbirida ishtirok etgan taniqli shoirlar, san’atkorlar va yosh iste’dod egalarining chiqishlari yig‘ilganlar kayfiyatiga bayramona rux bag‘ishladi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2372
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Кадиров Жасурбек-O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-30 10:09:41

Партиямиз томонидан Мамлакатимиз мустақиллигининг 27 йиллигига бағишлаб жойларда ташкил этилаётган тадбирлар ҳалқимизни баёрамона кайфиятини янада кўтаришга хизмат қилмоқда. Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 27 йиллиги байрами муносабати билан, барча Юртдошларимизни ҳамда O`zLiDeP партия ташкилотининг аҳил жамоасини ва аъзоларини O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарати номидан самимий муборакбот этамиз. Барчангизга Мусатақиллик баёрамимиз муборак бўлсин!


Рахманова Гульнара КР тахтакупир тумани 2018-08-25 19:00:27

Хурматли Президентимиз раҳнамолигида ёшлар учун барча шароит ва кенг имкониятларни яратиб бериш давлатимиз сиёсатининг устувор йўналишларидан бири этиб белгиланди. Ешлар нурли келажагимиз пойдевори экан уларнинг хар тамонлама билимдон, зийрак, дона ва талапчанг булишини таъминлашимиз зарур.


Fikringizni qoldiring

+