“Xazora” va “Dehgaron” MFYda suv bor, lekin tomorqadagi ekinlar qurib qolyapti

25.08.2018, 21:32

 “Xazora” va “Dehgaron” MFYda suv bor, lekin tomorqadagi ekinlar qurib qolyapti

Ayni paytda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Navoiy viloyati Kengashi faollaridan tarkib topgan ishchi guruh  respublikamizning sanoatlashgan hududi Navoiy viloyatidagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloqlar aholisi huzurida bo‘lib turibdi.

Ishchi guruh vakillari Karmana tumanidagi “Xazora” va “Dehgaron” MFYlari aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lganda tomorqaga ekilgan bu yilgi ekinlar (pomidor, bodring, baqlajon, bulg‘or qalampiri, kartoshka va boshqa mahsulotlar) batamom qurib ketganligini aytishdi. Uning sababini so‘raganimizda quyidagicha javob oldik:

– So‘nggi 2-3 yildan beri tomorqamizdagi ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun ekkan ekinlarimiz qurib, qovjirab qolyapti. Tabiiyki ushbu mahsulotlarni bozordan sotib olishga majbur bo‘lyapmiz. Tomorqani sug‘orishga oqava suv bor, faqat u juda sho‘r, tarkibi buzilgan. Ushbu muammo o‘z yechimini topsa, tomorqamizdan unumli foydalanardik.

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1268
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+