O‘zLiDeP baxmallik Suyun Ergashevga issiqxona tashkil etishda ko‘maklashdi

26.08.2018, 16:04

O‘zLiDeP baxmallik Suyun Ergashevga issiqxona tashkil etishda ko‘maklashdi

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning viloyat Kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari Baxmal tumanidagi “Do‘stlik” va “Oqtosh” mahallasiga borib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.  

Dastlab ishchi guruh a’zolari hududda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, uyma-uy yurib “Yoshlar kelajagimiz” va “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklar haqida ma’lumotlar berdi.

O‘rganishlar davomida hududlardagi 80 dan ortiq xonadon egalari bilan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish choralari ko‘rildi.

­­­­­-O‘tgan yili oila a’zolarimiz bilan birga 2 sotixlik yerni issiqxona qurishga tayyorlab qo‘ygan edik, - deydi “Amir Temur” ko‘chasida yashovchi Suyun Ergashev. - Ammo gap mablag‘ga kelib taqalganda, ko‘limiz kaltalik qilib qoldi. Shu bois, hozirga qadar issiqxona barpo etganimiz yo‘q. Lekin partiya faollarining uyimizga kelib, kredit olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berganidan so‘ng, issiqxona qurib o‘z biznesimizni boshlashga axd qildik.

Ta’kidlash kerak, muloqotlar davomida fuqarolar murojaatlari va ularni qiynab kelayotgan ko‘plab masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi. 

 Saida UMARALIYEVA,

O`zLiDeP Jizzax viloyat  Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    463
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+