Urganchda “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” tanlovi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

26.08.2018, 16:06

Urganchda “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” tanlovi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Urganch shahridagi 1 sonli akademik litseyda “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” tanlovining taqdimotini o‘tkazdi. Unda shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Faol tadbirkor – taraqqiyot tayanchi” mavzuida ochiq muloqot ham bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda mazkur tanlovning asosiy yo‘nalishlari, o‘tkazish tartibi, muddati, ishtirok etish shartlari, g‘oliblar va faol qatnashchilarni rag‘batlantirish masalalari xususida fikr almashildi.

Qayd etilganidek, ushbu tanlov Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, zamonaviy va faol tadbirkorlar safini kengaytirishga, badiiy-publitsistik materiallar orqali yurtimizda faol tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

– Tadbirkor va fermerlarning qiyofasini badiiy obrazlarda, publitsistikada, audio va video loyihalar orqali gavdalantirish nafaqat jamiyatda ularga nisbatan ijobiy munosabatni yanada mustahkamlashga, balki yosh avlodda ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiluvchi muhim vositadir, – deydi “To‘maris avlodi” jurnali bosh muharriri Sharqiya Eshchanova. – Albatta, bu muhim ishni faol amalga oshirishda ijod ahlining ishtiroki katta. Shu bois, barcha ijodkorlar qatori biz ham tanlovda jamoamiz bilan faol qatnashishga axd qildik.

Tadbirda tanlov shartlari va mazmun-mohiyatini aholi orasiga kengroq targ‘ib qilish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi. 

 O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1021
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+