O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari tinimsiz harakatda

26.08.2018, 16:16

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari tinimsiz harakatda

  Avval xabar qilinganidek, O‘zLiDeP faollaridan tashkil topgan ishchi guruh a’zolari joylarda aholi bilan jonli muloqotlar qilib, fuqarolarni yashash sharoiti bilan yaqindan tanishmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Xorazm viloyatida o‘tkazilishi belgilandi.

Dastlab tumanlardagi aholi shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, muammolarni o‘rgangan holda ularga partiyaviy vositalar orqali yechim topish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish tizimini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida partiyaning Xorazm viloyat, tuman, shahar Kengashlari raislari, apparat rahbarlari, mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Qaror va Farmonlar hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida oddiy xalqchil  tilda targ‘ibotini ko‘chaytirish yuzasidan ishchi guruh tashkil etilib, joylarda bu kabi muloqotlarni  o‘tkazishga kelishib olindi. 

Shundan so‘ng, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning viloyat Kengashi a’zolaridan iborat ishchi guruhi a’zolari guruhlarga bo‘lingan holda viloyatning Bog‘ot, Xazorasp, Xonqa, Yangibozor tumanlarida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallarda o‘rganish ishlarini boshladi.

Ishchi guruh tomonidan joylarda olib borilayotgan tashriflar va o‘rganilgan muammolar, ularning yechimi borasida ma’lumotlarni berib borishda davom etamiz.

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

N.Ruziyeva Navoiy viloyati Uchquduq tumani2018-09-07 16:25:07

Ishchi guruhlarning samarali faoliyati ko'zga tashlanmoqda. Charchamasliklarini tilab qolaman.


У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-27 08:10:56

O‘zLiDeP фаоллари Президентимиз томонидан қабул қилинган Қарор ва Фармонлар ҳамда партия дастурий мақсад ва вазифаларини аҳоли орасида тарғибот қилиниши жойларда фуқароларни яшаш шароити билан яқиндан танишиши ҳалқимизнинг сиёсий саводхонлиги оширади.


Fikringizni qoldiring

+