O‘zLiDeP ko‘magida xazorasplik Zoir Quranboyev asossiz yuklatilgan soliqdan ozod bo‘ldi

26.08.2018, 16:21

O‘zLiDeP ko‘magida xazorasplik  Zoir Quranboyev asossiz yuklatilgan soliqdan ozod bo‘ldi

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari odamlar bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida Xazorasp tumanidagi “Istiqlol” va “B.Matrizayev” mahallasiga bordi.

Tashrif davomida partiya faollari xonadonma-xonadon yurib, odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi, aholini muammo va takliflarini o‘rgandi. Zero,  inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo, xalq bilan muloqot qilish, oddiy odamlarni qiynayotgan muammolarga yechim topish kerak. 

Muloqotlar davomida aholi tomonidan asosan ichimlik suvi tanqisligi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kredit olish, asossiz yuklangan soliqni hal qilish va boshqa masalalarga oid qator muammolar ko‘tarildi.

–Mahallamizda kichkina savdo markazi tashkil qilganman, – deydi “Tinchlik” ko‘chasida yashovchi Zoir Qurbanboyev. – Yaqinda tuman soliq boshqarmasi xodimlari menga asossiz ravishda qo‘shimcha soliq to‘lashim lozimligini aytishdi. Shu masala bo‘yicha tegishli joylarga murojaat qildim, lekin natija bo‘lmadi. Bugungi uchrashuvda partiya vakillari soliq xodimlarini shu yerga chaqirib, muammoni o‘rgandi va joyida hal etib berdi.

Uchrashuvlar davomida hududdagi nafaqaxo‘r Suloymon ota Sa’dullayev hamda Zuxra xola Axmedovalar kam ta’minlangan oilalar ekanligi aniqlanib, ularga moddiy yordam ajratish va davolanishga yo‘llanma berishda amaliy ko‘mak berildi.

Mardonbek ABDIRIMOV,

O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    949
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

N.Ruziyeva Navoiy viloyati Uchquduq tumani2018-09-07 16:23:32

Hammamizga ma'lumki hozirgi vaqtda tadbirkorga faoliyat davomida to'sqinlik qilayotgan har qanday muammolar bartaraf etilmoqda.


Fikringizni qoldiring

+