Yangibozorlik 11 nafar yosh o‘z biznesini boshlashi uchun imtiyozli kreditga ega bo‘ldi

26.08.2018, 16:39

Yangibozorlik 11 nafar yosh o‘z biznesini boshlashi uchun imtiyozli kreditga ega bo‘ldi

Yangibozor tumanidagi  “Mang‘itlar” va “Ochaqala” mahallasida 1459 ta xonadon bo‘lib, ularda 7 ming 260 nafar aholi istiqomat qiladi. Shu bois, ayni chog‘da mazkur hududda “Obod qishloq” Dasturi doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Jumladan, 27 nafar fuqaroga 337 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi, har ikki mahallaga suv quvurlari yotqizish, gaz quvurlari ta’mirlash ishlarining katta qismi bajarildi. Shu kunlarda esa 2 ta maktab va 2 ta MTM qayta ta’mirdan chiqarilmoqda. To‘g‘ri, bir qarashda hududda hech qanday muammo yo‘qdek tuyuladi. Ammo...

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning viloyat Kengashi, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidan iborat ishchi guruh a’zolarining o‘rganishlari natijasida bu yerda ham ko‘plab muammolar to‘planib qolgani oydinlashdi.

Mahallalarda gaz ballonlarning o‘z vaqtida yetib kelmasligi, ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi, yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun yetarli sharoit yaratilmagani hamda shaxsiy tomorqasidan samarasiz foydalanayotgan aholining mavjudligi shular jumlasidandir.

–Asalarichilik bilan shug‘ullanishga qiziqaman, – deydi “Navro‘z” ko‘chasida yashovchi Tozagul Kenjayeva. – Bugun partiya faollarining xonadonimizga kelib imtiyozli kreditlar borasida bergan maslahatlari  va amaliy ko‘magi meni juda xursand qildi. Endi tijorat bankidan imtiyozli kredit olib, asalarichilikni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Bunda albatta, O‘zLiDeP ko‘magiga tayanaman.

Ta’kidlash kerak, muloqotlar davomida “Har bir oila – tadbirkor” loyihasi doirasida 11 nafar fuqaroga o‘z biznesini boshlashi uchun “Xalq bank” Yangibozor tuman filiali tomonidan imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi.

Zoirbek SAPAYEV,

Xalq deputatlari

Yangibozor tuman Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi

ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    997
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

N.Ruziyeva Navoiy viloyati Uchquduq tumani2018-09-07 16:21:39

Yoshlarga ko'maklashishda partiyamiz yitakchilik qilishining ahamiyati katta.


Маъмуржон Абдуллаев - O‘zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири2018-08-27 11:28:05

Ёшларни ҳар томонлама қўллаб қувватлаш уларни рағбатлантириш, тадбиркорлик фаолиятини қўллаб қувватлаш партиямизнинг асосий фаолият мезонига айланган ва бу ўз самарасини бермоқда.


Fikringizni qoldiring

+