Kovorking markazi faoliyatida O‘zLiDeP eng yaqin koʻmakdosh

26.08.2018, 17:32

Kovorking markazi faoliyatida O‘zLiDeP eng yaqin koʻmakdosh

Mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish va  shu asosda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari tashkil etilmoqda. Ana shunday markazlardan biri  Mingbuloq tumanida o‘z faoliyatini boshladi.

Ta’kidlash kerak, endilikda Mingbuloqlik yoshlar kelajagi uchun xizmat qiluvchi ushbu markaz yigit-qizlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak berish, biznes rejalar ishlab chiqish, shuningdek, master-klasslar va seminarlar tashkil etish kabi muhim vazifalarni amalga oshiradi.

- Yoshlar kovorking markazi tashkil etilgani mustaqillik bayrami uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi, ­­­­­­- deydi Sarvinoz Hamroqulova. - Tumanimizda ham tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar talaygina. Ishonchim komilki, ushbu markaz biz kabi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va hududda yosh tadbirkorlar safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Chunki markaz qoshida turli kasbga yo‘naltiruvchi to‘garaklar tashkil etilgan.

- Maqsadimiz yoshlarni har bir daqiqasini mazmunli o‘tishini ta’minlash bilan birga ularga daromad topish sirlarini  o‘rgatishdan iborat, - deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi apparat rahbari Nosirjon Abdullayev. – Shu bois, ayni chog‘da yoshlarni qiziqishlarini o‘rgangan holda ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish borasida tizimli ishlarni amalga oshiryapmiz. Maqsad bitta, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali yoshlar bandligini ta’minlash.

Tadbir yakunida “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazi va O‘zLiDeP viloyat Kengashi hamkorligida tadbirkorlikning asalarichilik, limonariya, parrandachilik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yoshlarga master-klass va turli seminarlar tashkil etishga kelishib olindi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1029
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Q. Eshqorayeva Navoiy viloyati, Uchquduq tumani2018-09-07 16:19:36

Haqiqatdan ham tadbir so'ngida kelishilgan master-klas va turli seminarlarning ko'proq tashkil etilishi o'ylaymanki yosh tadbirkorlarga malakasini oshirishiga bilimlarini boyitishiga sabab bo'ladi.


Fikringizni qoldiring

+