O‘zLiDeP namanganlik Zulxumor Mamadaliyevaga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kredit olib berdi

26.08.2018, 17:41

O‘zLiDeP namanganlik Zulxumor Mamadaliyevaga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kredit olib berdi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi va Namangan shahar Kengashi hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 27 yillik bayramiga bag‘ishlab “Mustaqillik - inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy omili” mavzuida amaliy muloqot tashkil etildi.

Unda partiya viloyat va shahar Kengashi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, BPT raislari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan yoshlar qatnashdi.

Tadbirda partiya faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari “Har bir oila - tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida joylarga tushib, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga biznes reja tuzish va kredit olishda yaqindan ko‘maklashib kelayotgani ta’kidlandi.

– Joylardagi o‘rganishlar davomida aholi tomonidan kredit olish bo‘yicha 260 ta murojaat bo‘ldi, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Ibrohim Sattarov. – Aynan, viloyat bo‘yicha o‘z tomorqasidan unumli foydalanish va issiqxonalar qurish uchun 127, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 69, tadbirkorlikning boshqa yo‘nalishlari uchun 64 nafar fuqarolarni bank kreditlariga ehtiyoji borligi aniqlandi va ularga amaliy yordam berildi. Qolgan murojaatchilarga “Har bir oila tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida yaratilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

Namangan shahri “Obi-hayot” MFYda yashovchi Zulxumor Mamadaliyevaning tadbirkorlikka qiziqishi juda yuqori. Ammo tijorat banklaridan imtiyozli kredit olishda qiynalayotgani bois haligacha o‘z faoliyatini boshlagani yo‘q edi. Tadbir davomida shu masalada mutasaddilardan ko‘mak so‘ragan fuqaroning murojaati shu yerning o‘zida yechim topdi.

– O‘zLiDeP faollariga rahmat! Sababi ularning ko‘magida imtiyozli kredit oldim, – deydi Z.Mamadaliyeva. –Endi ushbu kredit bilan tadbirkorlik faoliyatimni  boshlayman.

 Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1169
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Q. Eshqorayeva Navoiy viloyati, Uchquduq tumani2018-09-07 16:12:57

Partiyamiz ko'magida aholi muammolarining ijobiy echim topayotganligi xodimlarning va deputatlarning samarali faoliyati natijasi albatta.


Алиев Шерзод Хамиджонович2018-08-29 12:18:36

ЎзЛиДеП партия фаолларидан иборат ишчи гуруҳ аъзолари “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Ёшлар келажагимиз” Давлат дастури доирасида жойларга тушиб, тадбиркорлик фаолиятини бошламоқчи бўлган фуқароларга бизнес режа тузиш ва кредит олишда яқиндан кўмаклашиб келаётгани юртбоширмиз томонидан қабул қилинган давлат дастурларини жойларда амалга оширишда бевосита ЎзЛиДеП фаоллари ўз хиссаларини қўшаётганлигига яқол мисол бўла олади.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-27 09:10:50

Партиямизнинг фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Ёшлар келажагимиз” Давлат дастурлари доирасидаги утказилаетган таргибот ишлари уз фаолиятини бошламоқчи бўлган фуқароларга бизнес режа тузишда ва кредит олишда йул курсатиб уз самарасини курсатмокда. Тадбиркорликни кен йулга куйиш ва янада ривожлантириш бу давр талаби экан бу ишларни амалга оширишда хаммага омад куч кувват тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+