“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi (+FOTOGALEREYA)

27.08.2018, 16:02

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi (+FOTOGALEREYA)

Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Qayd etilganidek, O‘zLiDeP tadbirkorlik – bu har bir oila va jamiyat farovonligi, barqaror rivojlanishi va mustahkamligi garovidir. Shu munosabat bilan partiya tomonidan xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlikka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikkka jalb etish hamda bandligiga ko‘maklashish orqali oialalarini mustahkamlash, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joylarda, ayniqsa eng chekka hududlarda, xotin-qizlarga tomorqadan daromad olish usullarini o‘rgatish, oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilikni rivojlantirish, “Har bir oila tadbirkor”, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan maqsadli partiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Bunda barcha tadbirlar partiya “Ayollar qanoti” faollari, deputatlar, tajribali tadbirkorlar ishtirokida “Mahalla” jamoat fondi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Ushbu “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi ana shunday partiyaviy loyihalar sirasiga kiradi.

Konkurs ishtirkochilari davlatimiz tomonidan oxirgi ikki yilda erkin va farovon jamiyat qurish, ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va mavqeini oshirish, oilainstitutini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda avval misli ko‘rilmagan tizimli ishlar hayotga tatbiq etilayotganini alohida ta’kildadilar. Eng asosiysi - bu kabi e’tibor natijasi o‘laroq, mamlakat iqtisodiyotining tayanch ustunlaridan biri bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ham mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor xotin-qizlarimiz yetishib chiqdi.

O‘zLiDeP ana shunday fidoiy xotin-qizlarnining yaratuvchanligi, bunyodkorligi, mehnatlarini ulug‘lash, jamoat ishlaridagi o‘rni va mavqeini yuksaltirishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi. Ushbu maqsad va vazifalardan kelib chiqib tashkil etilgan ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida faol ishtirok etayotgan tadbirkor va fermer xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy tadbirkorlikni jadal rivojlanishini rag‘batlantirish, xotin-qizlar tadbirkorligining ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, tadbirkorlikka oid kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish va eng asosiysi partiya Dasturi hamda 2017-2021 yillarda mamalkatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdan iborat.

‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovning bu yilgi tuman, shahar va viloyat bosqichlarida 10 ming nafardan ziyod tadbirkor, ishbilarmon va fermer ayollar ishtirok etdi. Viloyat bosqichida faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 52 nafar tadbirkor va fermer ayollar Respublika bosqichigacha yetib keldi.

Ishtirokchilar dastlab milliy kuy, karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi hamda tadbirkor va fermer ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkor, ishbilarmon, hunarmand, fermer xotin-qizlarning mahsulotlari, ayniqsa, milliy yo‘nalishdagi liboslar namoyishi ko‘rik tanlov ishtirokchilarida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, Mustaqillikka bo‘lgan shukronalik hissini uyg‘otdi. Hamkor tashkilotlar va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolaridan iborat bo‘lgan hakamlar hay’ati ishtirokchilarning ishlari bilan yaqindan tanishib, adolatli baholab borishdi.

Shuningdek, ishtirokchilarning loyiha nizomiga muvofiq, xotin-qizlar uchun qo‘shimcha yangi ish o‘rni yaratganligi, faoliyat turidan kelib chiqib eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, aholiga ko‘rsatayotgan xizmatining sifati hamda faoliyatida hayotga tatbiq etib kelayotgan yangi innovatsion g‘oyalari ham baholashda alohida e’tiborga olindi.

Tadbirda ishtirok etgan soha mutahassislarining ta’kidlashicha, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari, ayniqsa, bunda xotin-qizlar ishtirokini yanada oshirish borasida qator ishlar izchillik bilan amalga oshirildi. Natijada joylarda ayollar rahbarligida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik, fermer xo‘jaliklari, aholiga sifatli servis-xizmat ko‘rsatish shahobchalari, ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish barobarida kollejni tamomlagan qizlar, ayniqsa uyushmagan yoshlar bandligi ta’minlandi.

Ishbilarmon ayollarning chinakam bayramiga aylangan mazkur tadbir davomida ayolni, Vatanni, istiqlolni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar sadosi ostida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda hakamlar tomonidan ishbilarmon ayol maqomiga munosib ko‘rilgan ishtirokchilar nomi e’lon qilinib, “Zamonaviy tadbirkor ayol portreti”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirayotgan fermer ayol”, “Tashabbuskor ayol” kabi nominatsiyalar bo‘yicha  ham g‘oliblar aniqlandi. Ishbilarmon ayollarga partiya va hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Tadbirda, shuningdek, partiya tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, o‘z tomorqasida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ilg‘or fermer”,“Mehnatkash dehqon”,“Namunali tomorqachi” ko‘rik-tanlovlari to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun konsert dasturi namoyish etildi.

            O‘zLiDeP Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2504
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умида Исаева O'zLiDeP Андижон вилоят Кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири 2018-08-30 12:30:37

Ишбилармон аёл кўрик-танловни республика бочқичи ғолибларини табриклайман. Ишларига омад ёр бўлсин.


Кадиров Жасурбек-O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-08-30 10:17:23

Партиямиз томонидан Мамлакатимиз мустақиллигининг 27 йиллиги байрами арафасида ташкил этилган "Ишбилармон аёл" кўрик танловининг Республика сосқичи, юқори савияда ташкил этилганлиги, тадбир давомида Ўзбек эстрадаси вакиллари иштирокида гала концерт дастури тадбир иштирокчилари эътиборига ҳавола этилганлиги тадбир иштирокчиларини ҳусусан, ишбилармон аёлларни байрамона кайфиятини янада кўтаришга хизмат қилди. Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 27 йиллиги байрами муносабати билан, барча Юртдошларимизни ҳамда O`zLiDeP партия ташкилотининг аҳил жамоасини ва аъзоларини O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарати номидан самимий муборакбот этамиз. Барчангизга Мусатақиллик баёрамимиз муборак бўлсин!


Ш.Ахмедова O'zLiDeP Косон туман кенгаши раисининг аёллар масалалари бўйича ўринбосари2018-08-29 12:20:39

Мустаклиллигимизнинг 27 йиллиги муборак бўлсин. Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо бўлсин, юртбошимиз бизнинг бошимизда соғ-омон бўлсинлар, ғолибларни чин дилдан қутлаймиз. Ишларида омад.


Шерзод2018-08-29 12:01:00

Мустақиллигимизнинг 27 йиллиги арафасида партиямиз "Аёллар қаноти" томонидан ташкил қилинган кўрик-танлов ташкилотчиларини, барча иштирокчи ҳамда ғолибларни қутлаб қоламиз.


Исломқулова Умидахон Равшановна УзЛиДеР фарғона вилояти Кенгаши Аёлларнинг сиёсий фаоллига жамиятдаги роли ва мавқеини ошириш бўлими мудири 2018-08-29 10:41:30

"Ишбилармон аёл" кўрик танловининг Республика босқичи иштирокчиларда катта таасурот уйғотди. Республикамиз бўйича тадбирор ва фермер аёллар ўртасида ўзаро фикр алмашиниш тажрибаларини баҳам кўришдек имкониятларни берди. Хакамлар -хайъати томонидан танлов ғолибларини аниқлаш бироз қийинчилик туғдирган бўлса ажаб эмас. Чунки танловда иштирок этаётган ҳар- бир аёллар изланучан, интилучан ва ўз йўналишига эга бўлганликлари кўргазмалари орқали яққол наомён бўлиб турган эди. Яна бир бор ғолибларимизни табриклайман. Барча иштирокчиларимизни ишларида омад ёр бўлсин.


З.Аслонова, Бухоро вилоят Кенгаши Сиёсий таълим маркази раҳбари 2018-08-28 15:11:07

Барча танлов иштирокчиларини эришган ютуқлари билан чин кўнгилдан табриклаймиз. Бу ютуқларга ўз-ўзидан эришиб бўлмайди, албатта. Бунинг остида қилинган ҳалол меҳнат, машаққат бўлади. Тадбиркор, ишбилармон, ҳунарманд, фермер опа-сингилларимизни юртимиз иқтисодий равнақи йўлида қилаётган барча ишларига улкан зафарлар ёр бўлсин! ЎзЛиДеП Бухоро вилоят Кенгаши жамоаси барча юртдошларимизни Ватанимиз мустақиллигининг 27 йиллик байрами билан муборакбод этади.


Азамат Аннахасанов O'zLiDeP Хоразм вилоят Кенгаши ходими2018-08-28 13:42:43

Танловда аёлларимизнинг тадбиркорлик, ҳунармандчилик, фермерлик ва бошқа соҳалардаги янгидан янги ижодкорлик, меҳнатсеварлик қирралари намоён булади. Ғолибларни табриклиман, кўрик танлов иштирокчилари ишларига мувофақият тилаймиз,


Халилова Наргиза, Бухоро вилояти Кенгаши аппарати кадралар бўйича инспектори2018-08-28 10:51:31

Бухоро вилояти Кенгаши аппарати ходимлари номидан Республика "Ишбилармон аёл-2018" кўрик-танлови ташкилотчиларини, иштирокчи ва ғолибларини табриклаймиз. Кириб келаётган Мустақиллигимизнинг 27 йиллиги муборак бўлсин. Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо бўлсин, юртбошимиз бизнинг бошимизда соғ-омон бўлсинлар, шунга ўхшаш кўрик-танловлар янада кўпроқ бўлсин.


"Аёллар қаноти" Бухоро вилояти2018-08-28 10:41:17

Мустақиллигимизнинг 27 йиллиги арафасида партиямиз "Аёллар қаноти" томонидан ташкил қилинган кўрик-танлов ташкилотчиларини, барча иштирокчи ҳамда ғолибларни қутлаб қоламиз.


Аёллар бўлими, Бухоро вилояти2018-08-28 10:30:26

"Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-юқувватлаш йили"да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида"ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармонида белгилаб берилган устувор вазифалар, партия Дастури ва Сайловолди платформасида белгиланган вазифаларни амалга ошириш мақсадида мамлакатимиз иқтисодиёти, кичик бизнес ва хусусий секторнинг ривожланишида тадбиркор ва фермер хотин-қизларнинг фаол иштирокини таъминлаш, юртимизда амалга оширилаётган ижтимоий-иқтисодий, сиёсий ислоҳотлар моҳиятини аёллар ўртасида кенг тарғиб қилишга қаратилган ушбу кўрик-танлов барча вилоятлардан иштирок этаётган тадбиркор, ишбилармон ва фермер хотин-қизларнинг касб-маҳоратларини намойиш қилиш, шу билан бирга бошқа тадбиркор, ишбилармон, фермер хотин-қизлар билан тажриба алмашиниш учун катта бир имконият ҳамда мактаб бўлди. Олинган тажрибалар иштирокчиларимизнинг фаолиятида асс қотади.


Fikringizni qoldiring

+