O‘zLiDeP urganchlik 8 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratilishida ko‘maklashdi

27.08.2018, 16:53

O‘zLiDeP urganchlik 8 nafar yoshga  imtiyozli kredit ajratilishida ko‘maklashdi

“Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini Urganch shahrining “Namangan” ko‘chasida joylashgan bo‘lib,  joriy yilda “Obod mahalla” Dasturiga kiritilgan.

Partiya faollaridan iborat ishchi guruh a’zolarining navbatdagi tashrifi mazkur mahallada bo‘ldi. Tashrif chog‘ida partiya vakillari hududdagi real holat bilan yaqindan tanishib, odamlar bilan suhbatlashdi, ularning dardu tashvishlari bilan qiziqdi. O‘rganish va suhbat jarayonida hududda ko‘plab muammolar to‘planib qolgani ma’lum bo‘ldi.

-Do‘stlik mahallasidagi 1274 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 1410 nafar aholining 35 nafari tadbirkorlik, 210 savdo-sotiq, 13 kasanachilik, 18 tadbirkorlikning boshqa sohalari, 11 oilaviy tadbirkorlik va 2 nafari milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi, - deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi Sh.Safarbayev. – Ammo Urganch shahrida imkoniyat va salohiyatning ko‘pligini inobatga olsak, mazkur ko‘rsatkich etarlicha emas. Shu bois, o‘rganishlar davomida muammolarga yechim topish barobarida, aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Urganchlik Barno Raximova ko‘p yillardan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Lekin faoliyatini kengaytirishga imkoniyati yo‘q edi. Ishchi guruh a’zolari tashrifi tadbirkorga katta imkoniyat berdi. Boisi, partiya ko‘magida unga TIF “Milliy bank” Urganch filiali tomonidan 20 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi. Endi u olgan krediti evaziga faoliyatini kengaytirib, 5 nafar xotin-qizni bandligini ta’minlaydi.

Ta’kidlash kerak, o‘rganishlar davomida “Namangan” ko‘chasi 54 uyda yashovchi xonadon egalariga yangi turdagi isitish katyollarini kredit asosida olishda hamda 8 nafar fuqaroga o‘z biznesini boshlashi uchun imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashildi.                                               

Doniyor JUMANIYaZOV,

O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    487
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара Арзеновна КР Тахтакупир2018-08-28 08:34:52

УзЛиДеП фаолларидан тузилган ишчи гурухларнинг жойлардаги ўрганишлари давомида 8 нафар фуқарога ўз бизнесини бошлаши учун имтиёзли кредит ажратилишига кўмаклашиши бу таргивот ишлари самараси албатта. Бу каби хайрли ишлар республикамиз буйлаб барча махаллаларда йил охиригача давом этади деб умид киламиз


Fikringizni qoldiring

+