“Samanbay” ovul fuqarolar yig‘inida yangi sport zali barpo etiladi

27.08.2018, 16:57

“Samanbay” ovul fuqarolar yig‘inida yangi sport zali barpo etiladi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari joylarga tushib, aholi bilan muloqot qilmoqda, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Ana shunday savobli ishlarga bel bog‘lagan partiya faolarining navbatdagi tashrifi Nukus tumani “Samanbay” ovul fuqarolar yig‘inidagi “Qus ferma” ovuli bo‘ldi.

O‘rganishlar natijasida mazkur ovulda hozirga qadar 11 kam ta’minlangan oilalarning fasadlari homiylar hisobidan, 85 ta uy aholining o‘z hisobidan va 14 uy pudratchilar hisobidan ta’mirlangani aniqlandi. Kommunal sohasi buyicha 5.2 km elektr simlari, 3.2 km suv quvirlari hamda 3.6 km gaz quvirlari yangilangani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, hududdagi 32-sonli maktabda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani, maktab yonida ovul bolalarining bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘illanishi uchun mini- futbol maydoni barpo etilayotgani ayon bo‘ldi.

Yuzma-yuz muloqotlar davomida 32-sonli maktab o‘qituvchisi Qanatbay Ayimbetov yoshlar sportning shaxmat, sambo, kurash va boshqa turlari bilan shug‘ullanish maqsadida tuman markaziga qatnab yurganini aytib, hududda bolalar uchun sport zali barpo etish kerakligini aytdi.  

Uning murojaati tegishli tartibda o‘rganilib, maktab o‘quvchilari, umuman ovul bolalari uchun yopiq sport zali bunyod etilishi bo‘yicha hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan Davlat dasturiga taklif kiritish belgilab olindi.

Ishchi guruh a’zolarining joylarda aholi bilan muloqatlari davom etmoqda.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    480
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-28 08:22:34

Партиямыз белсендилеринен дузилген исши топарлар тарепинен орынлардагы алып барылып атырган жумыслары натийжелери коринип атырганлыгын усы макаладан кориуимизге болады. Барлык партиядошларымызга жумысларынызда улкен-улкен табыслар болсын дегим келеди. Байрамларыныз бенен!


Fikringizni qoldiring

+