O'zLiDeP faollari Jomboy tumanidagi "Kangli" MFY aholisini mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

03.09.2018, 16:59

O'zLiDeP faollari Jomboy tumanidagi

O'zLiDeP Jomboy tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi chekka xududda joylashgan "Kangli" MFYda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi arafasida  uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O'zLiDeP Jomboy tuman Kengashi faollari, partiya xodimlari, tuman hokimi, O'zLiDeP Jomboy tuman Kengashi deputati U.Nazarov ishtirok etib, aholi bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv jarayonida aholining muammolarini o‘rganish bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Har bir oila tadbirkor” Dasturining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Tadbirda O'zLiDeP Jomboy tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Z.Yusupova  yig‘ilganlarni Istiqlolning 27 yilligi bilan qizg‘in va samimiy tabriklar ekan, o‘tgan davr  davomida amalga oshirilgan yutuqlar xususida gapirdi.

- Xalqimizning asriy orzusi bo‘lgan Mustaqillik tufayli yurtimizda tadbirkor va ishbilarmonlar ko‘paymoqda. Buning evaziga aholi farovonligi  ortib bormoqda, O'zLiDeP  tadbirkorlar safining kengayishidan manfaatdor. Yurtimizda “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida har bir xonadonda tadbirkorlarning faoliyat boshlashi bizni chin ma’noda quvontiradi, - dedi Z.Yusupova.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash,  joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, bandligini ta’minlash, o‘z mehnati bilan daromad topish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirdilar.

Baxtigul Qarshiyeva,

O'zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1337
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат рахбари2018-09-05 10:34:53

Мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва бунёдкорлик салоҳиятини қўллаб-қувватлаш орқали аҳолига муносиб ҳаёт шароитларини яратиш хар бир рахбар ва депутатнинг кундалик иши бўлиши керак.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-09-05 08:33:42

Бундай байрамолди тадбирлари вилоятимиздаги кўплаб маҳаллаларда, партиямиз фаоллари,депутатларимиз томонидан амалга оширилди.


Fikringizni qoldiring

+