Har bir inson baxtli yashashga haqli

05.09.2018, 12:15

Har bir inson baxtli yashashga haqli

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni maqsadi va ko‘lami jihatidan muhim ahamiyatga ega. Shu bois, hujjat qabul qilingan kundan boshlab Dastur doirasida qishloqdagi muammolar o‘rganilib, aholining yashashi uchun munosib turmush sharoiti yaratilyapti. E’tiborli jihati, bunday xayrli ishlarda davlat tashkilotlari qatori siyosiy partiyalar ham faol ishtirok etayotir.

Aytish joiz, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Obod qishloq” dasturi doirasida “O‘zLiDePning obod ko‘chalari” aksiyasini e’lon qilgani bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirdi. Shundan kelib chiqib, partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari ham loyiha doirasida joylarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Ayni chog‘da ham aksiya doirasida Ellikqal’a tumani “Aqchako‘l” OFYda tizimli ishlar olib borilmoqda. 

–Ushbu ovul fuqarolar yig‘inida 37 ta xonadon bo‘lib, ularda 237 nafar aholi istiqomat qiladi, – deydi O‘zLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi apparat rahbari D.Sharipova. – Guvohi bo‘lganingizdek, qisqa vaqt ichida hududda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Albatta, bu jarayonda partiyamiz faollari va tadbirkorlarimiz faol qatnashdi. Natijada uylarning kirish eshiklari va yo‘laklari qayta ta’mirlanib, ko‘chalarga  gullar ekildi.

Ta’kidlash kerak, hududda ayni chog‘da ham uylarni ohaklash va buyash ishlari jadal olib borilmoqda. Ichimlik suv va tabiyiy gaz quvurlari yangidan qurilayotir.  

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1074
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-05 18:13:21

O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси томонидан “Обод қишлоқ” дастури доирасида “O‘zLiDePнинг обод кўчалари” акцияси эълон қилинганлиги, жойлардаги ишлар самарадорлигини янада оширганлигига гувох буляпмиз . Бу партиямиз ташаббуси халкимизнинг партиямизга ишончини оширади ва албатта этибордан роиз булади. Халкимизнинг розилигидан улуг нарса йук.


Fikringizni qoldiring

+