“Andijon – Gulshan” yo‘nalishi bo‘yicha transport qatnovi yo‘lga qo‘yildi

05.09.2018, 12:20

“Andijon – Gulshan” yo‘nalishi bo‘yicha transport qatnovi  yo‘lga qo‘yildi

“KSM” MChJga karashli xususiy davolanish maskani Andijon tumanidagi “A.Ismoilov” massivida joylashgan. Shifo maskaniga dardlariga davo istab keluvchilar talaygina. Demak, bu yerda yaxshigina tibbiy tajriba, malakali shifokorlar bor.

Biroq “Andijon – Gulshan” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi transport vositalari shifoxonagacha yetib kelmaydi. Bu esa fuqarolar uchun jiddiy muammo tug‘dirmoqda. Shu bois, yuqoridagi yo‘nalishli avtobus va damas avtomobillari qatnovini ushbu maskangacha uzaytirish kerak.

Ushbu masalada xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Abdurauf Abdullayevga kelib tushgan murojaat, xalq noibi tomonidan o‘rganilib ijobiy hal etildi.

–Dastlab murojaatni o‘rganib, shundan so‘ng bu masalada O‘zbekiston Avtomobil transporti Agentligi hududiy Boshkarmasiga so‘rov yubordik,– deydi A.Abdullayev. –Oradan hech qancha vaqt o‘tmay muammo hal  bo‘ldi. Endi davolanish maskaniga kelayotgan yurtdoshlarimizning uzog‘i ancha yakin bo‘ldi. Asosiysi, odamlar bundan xursand, quvonchi cheksiz.

R.NIYAZOVA,

 Xalk deputatlari Andijon viloyati Kengashidagi

 O‘zLiDeP deputatlik guruxi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    698
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+