Deputatlik so‘rovidan so‘ng fermerga “nol” qiymatda inshoot berildi

05.09.2018, 12:25

Deputatlik so‘rovidan so‘ng fermerga “nol” qiymatda inshoot berildi

Gavharoy Aliyeva Paxtachi tumani “Shamsinazar” MFY hududidagi “ELEGANT CHORVA INVEST” femer xo‘jaligi rahbari. U 2012 yildan buyon 17,5 gektar maydonda fermerlik bilan shug‘ullanib keladi.

Lekin tinib-tinchimas bu fermer 2016 yilda sut va go‘sht mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan chorvachilik xo‘jaligini ham tashkil qildi. Dastlab 35 bosh qoramol bilan faoliyat boshlagan tadbirkorning chorva mollari soni hozirga kelib 60ga yaqin.  

O‘tgan davr mobaynida u fermer xo‘jaligini rivojlantirish uchun tumandagi bo‘sh turgan binoni “nol” xarid qiymatida olish hamda ozuqa yem yetishtirish uchun qo‘shimcha yer maydoni ajratishni so‘rab, tegishli tashkilotlarga murojaat qildi. Ammo natija bo‘lmadi.

Shundan so‘ng, fermer bu masalada O‘zLiDeP viloyat Kengashiga murojaat qildi. Partiya faollari elektorat vakilining manfaatini himoya qilish maqsadida mazkur masalani atroflicha o‘rganishdi. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari nomidan ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotga so‘rov chiqarildi va uning ijrosi nazoratga olindi.

Natijada sobiq “Xumor” sanatoriy-profilaktoriysi bino va inshootlari “nol” xarid qiymatida “ELEGANT CHORVA INVEST” fermer xo‘jaligiga berildi. 

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    926
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Маъмуржон Абдуллаев - O‘zLiDeP Қашқадарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири2018-09-05 13:46:11

Ҳудудлардаги айрим долзарб масалалар партиямизнинг депутатлари сўрови орқали ечим топаётгани аҳоли вакилларининг партиямизга ҳайриҳоҳлигини оширмоқда!


Fikringizni qoldiring

+