Ishchi guruh Tayloq va Urgut tumani aholisi bilan uchrashdi

05.09.2018, 17:20

Ishchi guruh Tayloq va Urgut tumani aholisi bilan uchrashdi

Bundan salkam bir oy oldin O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlaridagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan MFYlarda bo‘lib, aholi bilan muloqot qilgan edi.

Ishchi guruh a’zolari bu gal ham o‘tgan galgi muloqotlar davomida aniqlangan muammolar ijrosini o‘rganish, partiya g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilish maqsadida Tayloq tumanidagi “Charog‘bon” MFY aholisi bilan uchrashdi.

Shu hududda yashovchi Shokir Bo‘ronov tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Ayni chog‘da uning xonadonida 60 tup limon va turli noyob gul ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Tashrif chog‘ida ishchi guruh a’zolari tadbirkorga faoliyatini yanada kengaytirish va amalda mehnat daftarchasi yuritish bo‘yicha zarur tavsiyalar, ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, partiya faollari “Bog‘ichinor” mahallasida yashovchi Gulnora Azimboyeva xonadonida ham bo‘ldi. Suhbat va muloqotlar davomida Gulnoraning nogiron bo‘lishiga qaramay, to‘quvchilik bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda 15ga yaqin shogirdi borligi, asosiysi, mahsulotlari xaridorgir ekani aniqlandi.

Muloqot davomida ishchi guruh a’zolari fuqaroga imtiyozli asosda kredit olishda ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi va mamlakatimizda sohaga oid qabul qilinayotgan yangi huquqiy hujjatlar bilan yaqindan tanishtirdi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    3060
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-09-06 20:52:27

Жойлардаги муаммоларни ўрганиш ва уларни бартараф этишга кўмаклашиш-партиямиз нуфузи ва обрўй-эътиборининг ошишига, аъзоларимиз ва партияга хайрихоҳ инсонларнинг сони ошишига хизмат қилади.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-09-06 13:00:04

Муммоларни аниқлаб, уларни ечимини топиш ишимизнинг пировард натижаси бўлмоғи керак.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-05 18:09:46

Партиямиз ташаббуси билан тузилган ишчи гурухлар жойларда, махаллаларда булиб хар бир хонадонга бориб уларнинг хал ахволини сураб, муоммали масалаларини урганиб ечимига амалий ердамлар курсатмокда. Бу албатта мактовга лоийк, бир тамондан ахоли партия билан унинг иш фаолияти билан кен турда танишади.


Fikringizni qoldiring

+