O‘zLiDeP faollari Buxoro shahar Xo‘ja G‘unjoriy mahalla aholisi bilan urashdi

06.09.2018, 10:19

O‘zLiDeP faollari Buxoro shahar Xo‘ja G‘unjoriy mahalla aholisi bilan urashdi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashining “Obod mahalla” dasturi doirasida Buxoro shahrida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi  Xo‘ja G‘unjoriy mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi va  aholi bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda fuqarolar yig‘inidagi 783 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 3772 nafar aholi yurtimizda amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlaridan juda mamnunligi ma’lum bo‘ldi.

Aholi bilan muloqotlar chog‘ida Tagi qal’a ko‘chasida umrguzaronlik qilayotgan Nishon Atamuradov bugun yashash uchun barcha sharoitlar borligini aytgan bo‘lsa, Abbos Aliyev ko‘chasida yashovchi Sakina Javadova hududdagi yangi bog‘chaning ishga tushishini kutayotganliklarini  bildirdi.

Suhbat va muloqotlar davomida ishchi guruh tomonidan aholini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mahallada kim bilan suhbat qilingan bo‘lsa, ular davlat tashkilotlari qatori siyosiy partiyalarning diyorimizdagi islohotlarga befarq emasligidan xursandliklarini aytishdi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1391
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+