Jondorlik tadbirkorlar nega mutasaddi tashkilotlardan norozi bo‘lishmoqda?

06.09.2018, 10:32

Jondorlik tadbirkorlar nega mutasaddi tashkilotlardan norozi bo‘lishmoqda?

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasidan iborat ishchi guruh  a’zolari Buxoro viloyatida aholi muammolarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Jondor tumanida bo‘lishdi. Tumanning “Oq oltin” hamda “Hazorman” MFYdagi tadbirkor va ishbilarmonlar bilan suhbatlar tashkillashtirildi.

Xonadonlar bilan suhbatlar jarayonida bir qator tarbirkorlarni xali-xanuz qiynab kelayotgan to‘sqinliklar haqida gap bordi.

Xususan, ishchi guruh a’zolari tadbirkor Shomurod Boboqulov katta orzu havaslar bilan “Obod qishloq” dasturi doirasida xususiy maktabgacha ta’lim muassasasini qurish ishlarini boshlab yuborganligi guvohi bo‘lishdi.

- Prezidentimizning “Xususiy maktabgacha ta’lim muassasalarini sherikchilik bilan qurish va ularni tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ushbu mahallaning 120 nafar bolalariga mo‘ljallangan xususiy bog‘cha qurishni boshlagandik, - deydi tadbirkor Shomurod Boboqulov. Hozirda o‘z hisobimdan 35% mablag‘ ishlatib bugungi kunga kelib mablag‘im yetmayotganligi sababli qurilish ishlari to‘xtab qoldi. Tender o‘tkazilmaganligi sababli hujjat ishlari ancha cho‘zilishi natijasida bankdan kredit olishda muammoga duch kelyapmiz. Ushbu masalada maktabgacha ta’lim muassasasi viloyat boshqarmasi va boshqa bir qator mutasaddi tashkilotlarga murojaat qildim. Vaholanki, ulardan aniq bir javob ololmadim. “Erta-indin” hal bo‘ladi degan gaplardan nariga o‘tmayapti. Buning natijasida qurilish ishlari yarim chala ahvolda qolib ketmoqda. Kimga murojaat qilishni ham bilmay qoldim.

Ushbu muammoga ijobiy yechim topish maqsadida partiya deputatlik guruhi a’zolari deputatlik so‘rovi jo‘natish orqali yechim topishga kelishib oldilar.

Partiya faollari huddi shu kabi yana bir tadbirkorning muammosiga duch keldi.

“Hazorman” mahalla aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida dorixona, qurilish mollariga mo‘ljallangan savdo-do‘koni ochishni rejalashtirganman, - deydi tadbirkor Oybek Quvatov. – Inshootimiz uchun o‘z hisobimdan 100 mln so‘m harajat qilib, yarim qismi tugallanib qoldi. Endilikda qolgan qismini tamomlash uchun bankdan 70 mln imtiyozli kredit olishga ehtiyoj sezilyapti. Ushbu kreditni olish uchun ob’ektni garovga qo‘yishim kerak bo‘ladi. Buning uchun egalik huquqini beruvchi kadastr hujjatlari judayam zarur bo‘lmoqda. Shu sababli qurilish ishlarimiz to‘xtab qolgan. 

Ushbu masalaga ham ijobiy yechim topish maqsadida partiya deputatlik guruhi a’zolari o‘z nazoratiga olishdi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1390
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мавжуда Рашидова-O'zLiDeP Бухоро вилоят Кенгаши бўлим мудири2018-09-06 12:48:30

Партия Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси ҳамда вилоят Кенгаши томонидан тузилган ишчи гуруҳлар вилоятдаги шаҳар ва туманларда аҳоли билан юзма-юз учрашиб суҳбатлар ва мулоқотлар ўтказишмоқда. Ушбу тадбирлар жараёнида аҳоли томонидан ечимини кутиб қолган муаммолар кўтарилмоқда, ислоҳотларни амалга ошириш учун таклифлар берилмоқда. Суҳбат ва мулоқотлар давомида ишчи гуруҳлар томонидан аҳолини қизиқтирган масалалар юзасидан тушунтиришлар берилмоқда. Жойларда ким билан суҳбат қилинган бўлса, улар давлат ташкилотлари қатори сиёсий партияларнинг юртимиздаги ислоҳотларга бефарқ эмаслигидан хурсандликларини айтишмоқда. Айримлар ЎзЛиДеП тарафдори эканликларини айтиб, партия сафига кириш истагида эканликларини билдиришмоқда. Эндиги вазифамиз аниқланган муаммоларни тезкорлик билан ҳал қилишдан иборат. Шу мақсадда аниқланган муаммоларни туман (шаҳар) миқёсида бартараф этишга қаратилган чора-тадбирлар қабул қилинмоқда.


Fikringizni qoldiring

+