O‘zLiDeP vakillari kogonlik tadbirkorga mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashadi

06.09.2018, 10:44

O‘zLiDeP vakillari kogonlik tadbirkorga mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashadi

Shu kunlarda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, hududiy partiya tashkilotlari vakillari, partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari aholi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lishmoqda.

Shu kabi muloqotlar barcha hududlarda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatining “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan mahallalarda  xonadonma-xonadon yurib aholi muammolariga yechim izlanmoqda.

Partiya faollari Kogon shahridagi “A.Qodiriy” MFY aholisi bilan suhbat davomida “Obod qishloq” dasturi asosida olib borilayotgan ishlardan mamnunligini aytib o‘tishdi. Shu bilan bir qatorda ishchi guruh a’zolari Kogon tumanidagi “Parravshantras” MChJ  faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

- Korxonamiz 2000 yili 5 nafar ishchi bilan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, hozirda 50 nafardan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilishmoqda. Korxonamizda 140 mingta “Loman braun” va “Loman sendi” naslli tovuqlarni parvarishlanib, aholiga har kuni 80 ming dona tuxum yetishtirib berilyapti, - deydi tadbirkor Abdulaziz Ravshanov. - Xo‘jalikda ish jarayonlari nemis texnologiyalaridan iborat avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birgalikda xo‘jalikda  30 dan ortiq zotli qoramollar boqilyapti. Bu zotdor qoramollardan kuniga 200 litr sut olinib, aholiga arzon narxlarda sotilyapti.

Partiya faollari tadbirkor bilan suhbat davomida kelgusida rejalari katta ekanligi, tuxum, sut, go‘sht mahsulotlarini yetishtirishni yanada kengaytirib, ushbu mahsulotlarni chetga eksport qilish rejasi borligini ta’kidlab o‘tdi. Mahsulotlarni eksport qilishda va xaridor topishda amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat qildi.

Partiya vakillari ushbu masalani o‘z nazoratiga olib ijobiy yechim topishga ko‘maklashishga va’da berdi.

  O‘zLiDeP Buxoro viloyat kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1072
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

М.Бекматова O`zLiDeP Навоий вилояти Кенгаши 2018-09-06 17:37:47

O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси, ҳудудий партия ташкилотлари вакиллари, партия депутатлик гуруҳи аъзолари, партия фаолларидан иборат ишчи гуруҳ аъзолари аҳоли билан юзма-юз мулоқот жараёнида аҳоли томонидан турли хил таклифлар берилмоқда.


Мавжуда Рашидова-O'zLiDeP Бухоро вилоят Кенгаши бўлим мудири2018-09-06 12:50:23

Партия Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси ҳамда вилоят Кенгаши томонидан тузилган ишчи гуруҳлар вилоятдаги шаҳар ва туманларда аҳоли билан юзма-юз учрашиб суҳбатлар ва мулоқотлар ўтказишмоқда. Ушбу тадбирлар жараёнида аҳоли томонидан ечимини кутиб қолган муаммолар кўтарилмоқда, ислоҳотларни амалга ошириш учун таклифлар берилмоқда. Суҳбат ва мулоқотлар давомида ишчи гуруҳлар томонидан аҳолини қизиқтирган масалалар юзасидан тушунтиришлар берилмоқда. Жойларда ким билан суҳбат қилинган бўлса, улар давлат ташкилотлари қатори сиёсий партияларнинг юртимиздаги ислоҳотларга бефарқ эмаслигидан хурсандликларини айтишмоқда. Аҳолига, фаолларимизга, электоратимизга фойдамиз тегса биз хурсандмиз.


Fikringizni qoldiring

+