O‘zLiDeP 100dan ortiq xonadon egalarining muammosini o‘rgandi

06.09.2018, 17:22

O‘zLiDeP 100dan ortiq xonadon egalarining muammosini o‘rgandi

O‘zLiDeP faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi “Laylakko‘l”, “Istiqlol” hamda Guliston tumanidagi “Xalqabod” va “Ozodlik” mahallalarida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi.

Tashrif chog‘ida partiya faollari 100dan ortiq xonadonlarda bo‘lib, odamlarni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi. Shuningdek, mamlakatimizda yangi qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident farmon va qarorlari mazmun-mohiyati haqida aholiga atroflicha ma’lumotlar berdi.

– Keyingi yillarda yurtimizda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi O‘zLiDeP mas’ul xodimi S.Mahmudov. –Natijada yoshlar uchun ko‘plab ish o‘rinlari yaratilib, yigit-qizlarimiz bandligi ta’minlanyapti. Ayniqsa, “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida yaratilayotgan qulayliklar bu borada muhim omil bo‘lmoqda.

Uchrashuv davomida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash,  joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, o‘z mehnati bilan daromad topish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Elyor JO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1024
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Jo'rabek Aslonov, Navoiy viloyati2018-09-06 17:48:55

Muammolarni hal qilishda partiyaning o'zgacha yondashuvi aholining ko'pgina qatlami tomonidan e'tirof etilmoqda.


Б.Юлдашев O`zLiDeP Навоий вилоят кенгаши ходими2018-09-06 17:47:46

O‘zLiDeP фаолларидан иборат ишчи гуруҳ аъзоларининг жойлардаги хонадонларда бўлиб, одамларни қийнаётган муаммоларни ўрганиши ва уларни ижобий ҳал этаётганлиги, жойларда аҳолини тадбиркорликка жалб қилиш, янги иш ўринларини яратиш, ўз меҳнати билан даромад топиш истагида бўлган фуқароларга амалий ёрдам кўрсатиши партиямизнинг асосий вазифаларидан бирига айланмоқда. Бу ишларни амалга оширишда партиядошларимизга омад тилаймиз!


Мадина Бекматова ЎзЛиДеП Навоий вилоят Кенгаши ходими 2018-09-06 17:41:01

Кейинги йилларда юртимизда ёшларни тадбиркорлик фаолиятига жалб қилиш, ёш тадбиркорларнинг истиқболли ғоялари ва лойиҳаларини рўёбга чиқаришга алоҳида эътибор қаратилмоқда,


Fikringizni qoldiring

+