O‘zLiDeP rahbari Andijon viloyat Kengashi faollari bilan uchrashdi

06.09.2018, 17:34

O‘zLiDeP rahbari Andijon viloyat Kengashi faollari bilan uchrashdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov hududlardagi ahvol bilan yaqindan tanishish va joylardagi muammolarni o‘rganish maqsadida partiyaning Andijon viloyat, tuman (shahar) Kengashlari apparat rahbarlari, mahalliy Kengash deputatlari va BPT raislari bilan uchrashdi.

Tadbirda partiya oldida turgan ustuvor vazifalar, uning jamiyatdagi o‘rni va roli, partiya g‘oyalarini aholi orasiga keng targ‘ib qilish, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Qaror va Farmonlar hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida oddiy xalqchil  tilda targ‘ibotini ko‘chaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning viloyat Kengashi a’zolaridan iborat ishchi guruh tuzilib, Marhamat tumandagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan Uvaysiy, Mirishkor, Ko‘tarma va O‘qchi MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.  

Yuzma-yuz muloqotlar davomida aholi tomonidan ichimlik suvi tanqisligi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kredit olish, asossiz yuklangan soliqni hal qilish va boshqa masalalarga oid qator muammolar ko‘tarildi.

Suhbat va uchrashuvlar chog‘ida murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan muammolar nazoratga olindi.

Ishchi guruh tomonidan joylarda olib borilayotgan tashriflar va o‘rganilgan muammolar, ularning yechimi borasida ma’lumotlarni berib borishda davom etamiz.

D.SOBIROV,

 O‘zLiDeP Andijon viloyat

 Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1147
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-07 09:19:44

O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси раиси Актам Хаитовнинг ташаббуси билан тузилган ишчи гуруҳлар ҳар доим фаол. Уларнинг барча ҳудудларда аҳоли билан мулоқотида аниқланган муаммолар партиявий усуллар билан ижобий ечим топмоқда.


Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-09-07 08:46:14

Бир файласуф айтганидек Инсон ким бўлишдан қатъий назар, унинг ватанпарварлиги сўзи билан эмас, иши билан исбот қилинади.O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси раиси бошчилигида ва худулардаги вилоят Кенгашлари аъзоларидан таркиб топган ишчи гуруҳларнинг режа асосида Республикамиз бўйлаб фаолият олиб боришлари юқоридаги ибратли сўзларга яққол мисол бўла олади.Партиямизнинг жамиятимизда олиб борилаётган ислоҳатларга ҳамоҳанг халқимиз манфаатини ўйлаб амалга ошираётган ишларига омад тилаб, шу соҳада сидқидилдан меҳнат қилаётган Республикамизнинг барча худудлардаги ходимларнинг янада ташаббускор ва ғайратли бўлишларига ундаб қоламан....


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-09-06 18:23:36

Маколадан куриниб тураганидек O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси раиси Актам Хаитовнинг шахсан узлари бош булиб ҳудудлардаги аҳвол билан яқиндан танишиш ва жойлардаги муаммоларни ўрганиш мақсадида махаллаларда юрганлиги албатта бизни кувонтиради. Бу энг аввало эътибори ва халкимизга деган хурматида. Келгуси ишларида ривож тилаймиз ва биргаликда харакат киламиз


Fikringizni qoldiring

+