O‘zLiDeP deputatlari urganchlik tadbirkorga “nol” qiymatda bino olib berishda ko‘maklashadi

06.09.2018, 17:42

O‘zLiDeP deputatlari urganchlik tadbirkorga “nol” qiymatda bino olib berishda ko‘maklashadi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi apparat rahbari J.Qurbanov hamda partiya Urganch shahar Kengashi apparat rahbari D.Jumaniyazovlar ishchi guruh a’zolari bilan shahardagi tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyatidagi mavjud muammolarni o‘rganishdi.

Urganch shahar Al-Xorazmiy mahallasida joylashgan “Madina-Abdulloh” oilaviy korxonasi shu yilning 1 iyunidan ish boshlagan bo‘lib, bugungi kunda 10 turdagi milliy shirinliklarni ishlab chiqarib, ichki bozorga chiqarmoqda.

- Ishimizni dastlab 3 nafar ishchi bilan, tashlandiq bir binoni ijaraga olib boshlagan edik, - deydi tadbirkor Abdulloh Do‘stmetov. – Bugungi kunga kelib shirinliklarimizga kun sayin talab oshayotgani sababli ishchilarimiz sonini 12 nafarga yetkazdik. Kelgusida ishimizni yanada rivojlantirishimiz uchun bizga Urganch shahridan “nol” qiymatda bino kerak. Ushbu muammoyimizni hal qilishda qiynalayapmiz.

Albatta, rivojlanishga intilayotgan tadbirkorning mushkulini oson qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va imkon darajasida amaliy yordam berish partiyamizning asosiy maqsadlaridan biri. Shunday ekan, O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi ishchi guruhi mazkur muammoga qarab turmadi. Bino masalasida shu kunning o‘zida hujjatlar tayyorlanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

O‘zLiDeP Xorazm viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    542
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-07 09:13:43

Ҳаммамизга маълумки тадбиркорлар бизнинг электоратимиз. Уларнинг муаммолари бу бизнинг муаммоларимиздир. Муаммолар ечими эса ўз навбатида фаол ва самарали фаолият натижасидаижобий ҳал қилинади.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-09-06 18:14:36

O‘zLiDeP Хоразм вилоят Кенгаши ишчи гуруҳидаги партиямиз фаоллари билан мактанса арзийди. Битта тадбиркорга амалий ердам курсатилса бу катта куч. Партияга ишончи халкнинг тадбиркорнинг янги иш бошлашига имконият эшиги. Хамма сафдошларимизга омадлар тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+