“Urgut-Alfa-Alyans” MChJning 20 ga yaqin xodimi O‘zLiDePga a’zo bo‘ladi

07.09.2018, 09:56

“Urgut-Alfa-Alyans” MChJning 20 ga yaqin xodimi O‘zLiDePga a’zo bo‘ladi

“Urgut-Alfa-Alyans” MChJ korxonasi paypoq, bolalar va kattalar kiyim-kechaklari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ushbu kichik korxonada 65 nafar ishchi xodim mehnat qiladi.

O‘zLiDeP xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh mazkur korxonada bo‘lib, xodimlar bilan yuzma- yuz muloqot o‘tkazdi.

Muloqotlar chog‘ida partiya xodimlari tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritar ekan, “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi haqida yig‘ilganlarga atroflicha tushunchalar berildi.

– O‘zLiDeP mamlakatimizda tadbirkorlar soni kengayishidan manfaatdor. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi partiyaning dasturiy maqsadlari bilan hamohangdir, – dedi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi apparat rahbari I.Botirov.

Tadbir davomida korxonaning 20 ga yaqin ishchi xodimlari partiya safiga kirish istagini bildirdi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    998
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+