Romitan tumanidagi “Xosa”liklar mamnun, buning sababi esa ...

07.09.2018, 10:46

Romitan tumanidagi “Xosa”liklar mamnun, buning  sababi esa ...

Romitan tumanidagi “Xosa” MFYga qarashli Xosa qishlog‘i  aholisini   ichimlik suv muammosi  ko‘pdan beri qiynab kelar edi.  Yaqinda  bu muammoga batamom chek qo‘yildi. Viloyat va tuman “Suvoqava” tashkilotlarining birgalikdagi say’-harakatlari o‘z amaliy natijasini berib, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan ushbu muhim vazifa belgilangan muddatlarda  amalga oshirildi.

Ta’kidlash o‘rinliki, “Xosa” qishlog‘ida 481 xonadon bo‘lib, ularda 2530 nafar kishi istiqomat qiladi. Partiya faollari To‘ra Safoyev, Mustafo To‘rayev, Soli Ochilov, Olim Ochilov, Raxim Rashidov, Raxima Ibragimova xonadonlarida bo‘lganlarida ular toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganliklaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

- Davlatimiz rahbarining biz - qishloq aholisiga ko‘rsatayotgan cheksiz g‘amxo‘rligi tufayli uzog‘imiz yaqin, og‘irimiz yengil bo‘layapti, - deydi Hoji ona Musharraf Hojiyeva. - Men olti nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan ona sifatida endilikda nihoyatda xursandman. Farzandlarimning besh nafari oliy ma’lumotli. Bir nafari hududimizda qurilish mollari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan tadbirkor. Oilamiz a’zolarining anchadan beri ushalmagan orzusi bugun amalga oshdi, qishlog‘imiz xonadonlari toza ichimlik suvi bilan to‘la ta’minlandi. Bu kabi savobli ishda o‘z hissasini qo‘sha olgan O‘zLiDeP vakillariga hamda savob va xayrli ishlar boshida turgan davlatimiz rahbariga katta minnatdorchiligimizni bildiramiz.   

 O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

                                                                                             Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1431
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+