Samarqandlik deputatimiz “Lolazor” mahallasidagi muammolar yuzasidan so‘rov yubordi

07.09.2018, 15:32

Samarqandlik deputatimiz “Lolazor” mahallasidagi muammolar yuzasidan so‘rov yubordi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning viloyat Kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruh Samarqand shahridagi “Lolazor” MFY aholici bilan muloqotlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida hududdagi 46, 48 ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi tomonidan kommunal sohaga oid ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Masalan, hududdagi 46 uy, 30 xonadonda yashovchi X.Xakimov uylarning tomi ta’mirtalab ekani, qish oylarida yuqori qavatlardan chakki o‘tishi, isitish tizimi esa umuman ishlamasligidan shikoyat qildi.

Boburmirzo 1-tor ko‘cha, 11 uyda yashovchi Mehriniso Esanova esa mahallada bolalar uchun futbol maydoni yo‘qligini aytib, shu masalada ko‘mak so‘radi.

–Mahallamizda bolalar uchun futbol maydoni qurib berilsa yaxshi bo‘lar edi. Boisi, hozir yoshlarimiz ko‘chada futbol o‘ynamoqda, bu esa mashinalar harakati uchun xavf tug‘diryapti, – dedi M.Esanova. Suhbat va muloqotlar davomida so‘z olgan mahalla faoli Muhabbat Yusupova keyingi yillarda shahar ko‘chalari kundan-kunga chiroy ochib borayotganini ta’kidlab, mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlashda amaliy yordam so‘radi.

Har uchala masala yuzasidan xalq deputatlari Samarqand shahar kengashidagi partiya deputatlik guruhi tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1007
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-09-07 23:21:22

Аҳоли муаммоларига мутассади ташкилотлар раҳбарлари эътиборини жалб этиш ва бу муаммоларни ҳал этишда бевосита депутатларимизнинг фаол бўлиши-партиямизнинг халқ ичида нуфузининг ортишига ўзининг ижобий таъсирини кўрсатади албатта.


Fikringizni qoldiring

+