O‘zLiDeP chiroqchilik N.Aliyevaga 15 mln. so‘mlik kredit olib beradi

07.09.2018, 15:36

O‘zLiDeP chiroqchilik N.Aliyevaga 15 mln. so‘mlik kredit olib beradi

Navro‘za Aliyeva Chiroqchi tumanidagi “Choshtepa” mahallasida istiqomat qiladi. Keyingi yillarda tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida u ham tengqurlari qatori o‘z biznesini boshladi.

Qariyb 3 yildan buyon limon yetishtirish bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkor o‘tgan davr mobaynida tomorqada 6 tup limon ko‘chati yetishtirib, 8 milliondan ortiq daromad oldi.    

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning viloyat Kengashi, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidan iborat ishchi guruh a’zolarining o‘rganishlari natijasida bu ma’lum bo‘ldi.

– Tomorqamizda limondan tashqari bodring, pomidor, bulg‘or qalampiri yetishtirishni ham yo‘lga qo‘yganmiz, – deydi N.Aliyeva. – Bir yilda o‘rtacha ikki va uch marta hosil olyapmiz. Kelgusida tijorat bankidan imtiyozli kredit olib, issiqxona barpo etish niyatimiz ham bor. Lekin hozirga qadar tadbirkor sifatida davlat ro‘yhatidan o‘tganimiz yo‘q. 

Muloqot chog‘ida tadbirkorning murojaati e’tiborga olindi va ishchi guruh a’zolari Navro‘zaga tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi. E’tiborlisi, tuman Fermerlar kengashi qoshidagi jamg‘arma hisobidan unga faoliyatini kengaytirish uchun 7 foiz miqdorida 15 mln. so‘mlik  kredit ajratiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari Qamashi tumanidagi “Qiziltepa” MFYda bo‘lib, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari muammosini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi “Yashnaobod” ko‘chasida yashovchi xonadon egalari elektr ta’minoti quvvati pastligi tufayli elektr jihozlaridan foydalanmay kelayotgani ma’lum bo‘ldi.  

Mazkur muammo yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan viloyat Elektr tarmoqlari OAJga so‘rov yuborilishi belgilab olindi.

Shuningdek, muloqotlar davomida hududdagi uyushmagan yoshlar soni  aniqlanib, ularning 2 nafari “Qamashi fayz” MChJga quruvchi sifatida ishga joylashtirildi. 

Ishchi  guruhning  joylardagi  o‘rganishlari  davom  etmoqda.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    986
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+