“Shirin gaz servis”da O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzildi

07.09.2018, 16:19

 “Shirin gaz servis”da O‘zLiDeP  quyi bo‘g‘ini tuzildi

O‘zLiDeP  Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi partiya Andijon viloyati Kengashi xodimlari hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari viloyatdagi kichik sanoat zonalarida tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.

Asaka tumanidagi kichik sanoat zonasida o‘z ish faoliyatini boshlagan  O‘zLiDeP  faoli  “Shirin gaz servis” MChJ rahbari Zafarxo‘ja Rahimov germaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda aholiga mahalliy xom-ashyodan xavfsiz va innovatsion xususiyatga ega bo‘lgan maishiy kompozit ballonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.

Jahon standartlariga javob beruvchi, sovuq va issiq iqlimga chidamli bo‘lgan, onlayn rejimda ishlaydigan innovatsion gaz ballonlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilsa, aholini yil davomida arzon va sifatli maishiy kompozit gaz ballonlari bilan ta’minlash imkoniyati kengayadi.

Shuningdek, O‘zLiDeP faollari hamda mahalliy Kengash deputatlari ushbu innovatsion g‘oyani amalga oshirish bo‘yicha mahalliylashtirish dasturi asosida xom-ashyo bilan ta’minlash va ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdilar.

Uchrashuv davomida “Shirin gaz servis” MChJda mehnat qilayotgan bir guruh yoshlar o‘z rahbarlarining tashabbuskorligi va shijoatidan ruhlanib, partiya safiga kirish hamda jamoada partiyaning boshlang‘ich tashkilotini tashkil etish istagi borligini bildirishdi.

Shu kuni ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularga  a’zolik biletlari tantanali ravishda topshirilib, “Shirin gaz servis”da boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

D.Sobirov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi yoshlar bilan ishlash

bo‘limi yetakchi konsultanti

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1177
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-07 17:46:07

Маколадан, Андижонлик софдошларимиз ҳамда Халқ депутатлари маҳаллий Кенгаш депутатларининг электоратимиз сафини тадбиркорлар билан кенгйаттиришда куплаган мехнатлари самараси куриниб тур. Чорчаманг, барчангизга куч кувват тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+