O‘zLiDeP 50 nafarga yaqin buxorolik yoshlarga kredit olib berishda ko‘maklashadi

08.09.2018, 11:08

O‘zLiDeP 50 nafarga yaqin buxorolik yoshlarga kredit olib berishda ko‘maklashadi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Buxoro viloyat Kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, partiya faollari, mahalliy kengash deputatlari, Markaziy bankning viloyat hududiy boshqarmasi va tijorat bank vakillari hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.  

Ta’kidlash joizki, shu kunlarda O‘zLiDeP faollaridan tarkib topgan ishchi guruh a’zolari Buxoro viloyatining barcha tuman va shaharlardagi mahallalarda uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganmoqda, xonadonlarida tomorqalari bor yoshlarga issiqxona qurish, chorva mollarini boqish, parrandachilikni yo‘lga qo‘yish borasidagi targ‘ibot ishlarini boshlab yuborishgan.

Bugungi bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘sha tuman kesimida aniqlangan tadbirkorlikka qiziqishi bor yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ishtiroki ta’minlandi. Partiya faollari zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarga 31 faoliyat turi bo‘yicha tadbirkorlikni yuritish yuzasidan aniq yo‘l–yo‘riqlarni berib,  tegishli dasturning mazmun- mohiyatini tushintirib o‘tdilar.

Partiya xodimlarining dastur mazmun-mohiyati haqidagi ma’ruzalari ham yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

- O‘zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir menga katta samarasini bera oldi, - deydi qorako‘llik Jasur Safarov. – Sababi partiya targ‘iboti bilan yoshlarga imtiyozli kredit ajratishda yaqindan ko‘maklasha olayotganligi menda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Agar tijorat bankdan imtiyozli kredit oladigan bo‘lsam, xonadonimizdagi 2 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilmoqchiman, u yerda pamidor va bodring yetishtirishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganman. Albatta, bu ishda menga katta yordam ko‘rsata olgan partiya vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Davra suhbati yakunida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan 50 nafarga yaqin yoshlarga partiya tashabbusi bilan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzurida tashkil etilgan Jamg‘arma hisobidan imtiyozli kredit ajratib berishda ko‘maklashadigan bo‘ldi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1065
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Alisher2018-09-08 13:05:27

Partiyamiz bu kabi dasturlarni yoshlarga taqdim qilayotganidan biz juda ham xursandmiz.Biz ishonamizki bu kabi ishlar yurtimizda tadbirkorlarning manfaatlarini yaxshi darajada taminlashga olib keladi


Fikringizni qoldiring

+