O‘zLiDeP deputatlari qorovulbozorlik fermerga “nol” qiymatidagi bino olib berishga ko‘maklashadi

08.09.2018, 12:37

O‘zLiDeP deputatlari qorovulbozorlik fermerga “nol” qiymatidagi bino olib berishga ko‘maklashadi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Buxoro viloyat Kengashi vakillari aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishmoqda.

“Obod qishloq” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh a’zolari Qorovulbozor tumanida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarini ko‘zdan kechirganda fuqarolarning talab darajasida yashashiga to‘sqinlik qilayotgan kamchilik va nuqsonlar borligii ariqlandi. Xususan, Bo‘zachi MFYning Birdamlik ko‘chasidagi 111 ta xonadon o‘rganilganda aholining aksariyati mahalliy tadbirkorlardan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi. Joylarda bildirilgan takliflar asosida tegishli tashkilotlarga elektron birja tizimidan korporativ birja tizimiga o‘tish bo‘yicha, ayniqsa aylanma mablag‘lar fondining barqaror bo‘lishini ta’minlash maqsadida imtiyozli kreditlarni joriy etishga oid bildirilgan takliflar ham partiya faollari tomonidan qo‘llab–quvvatlandi.

 Ushbu hududda istiqomat qiluvchi Fazliddin A’loyev, Shoxida Xayrullayevalar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida mana bir necha yildirki samarali faoliyat olib borishmoqda. Deraza va romlar ishlab chiqarilayotgan ustaxona va tikuvchilik sexlari faoliyatini bugun har qachongidan ko‘ra rivojlantirish talab etilayapti. Bu muhim masala ham O‘zLiDeP faollari diqqat–e’tiborini o‘ziga qaratib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Yuzma–yuz muloqotlar davomida so‘z olgan mahalliy tadbirkorlardan F.A’loyev Qorovulbozor shaharchasida avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar yetarli emasligini, xuddi shunday maskanni tashkil etish uchun esa yetarli miqdordagi mablag‘ yo‘qligini ma’lum qildi. Kredit mablag‘lari evaziga ushbu masalani ijobiy hal etish mumkinligini bildirdi. Deputatlik so‘rovlarini tegishli tashkilotlarning rahbarlariga yo‘llash orqali mazkur muammoni tez vaqt ichida hal etish imkoniyati borligi partiya faollari tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng partiya faollari hududdagi “Pekan” fermer xo‘jaligiga tashrif buyurdi. Fermer xo‘jaligi o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida o‘z tasarrufiga A-380 xalqaro avtomagistral chetida joylashgan, “Suvoqava” DUKga qarashli bo‘sh turgan inshootni “nol” qiymatli balans bilan o‘tkazish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Hujjatlar garchi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining viloyat boshqarmasiga murojaat qilingan bo‘lsa-da, bu muhim masala hozircha o‘z yechimini topgani yo‘q. Shuning uchun ushbu masalani Vazirlar maxkamasi huzuridagi maxsus komissiya va qo‘mita tomonidan tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va ijobiy hal etishda amaliy yordam berish so‘raldi. Ushbu loyiha ijrosiga ruhsat berilgan taqdirda fermer xo‘jaligining o‘z mablag‘lari hisobidan 400 million so‘m, bank kredit mablag‘lari xisobidan esa 300 million so‘m miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilgan.

O‘zLiDeP Buxro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1194
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+