Hunarmandi e’zoz topgan yurt

23.11.2017, 17:35

Hunarmandi e’zoz topgan yurt

Hunarmandlik milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi. Ota-bobolarimizdan qolgan meros. Hunarmandlar tomonidan tayyorlanayotgan buyum va mahsulotlarga nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham talab ortmoqda. Prezidentimizning joriy yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazkur sohani yanada rivojlantirishga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat va Termiz shahar Kengashi hamkorligida “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi Xayrullo Jo‘rayev ustaxonasida tashkil etilgan davra suhbati bu fikrlar bot-bot takrorlandi.

– Kulolsozlik kishidan qunt, sabr-toqat va sinchkovlikni talab etadi, – deydi u. – Otameros kulolchilik sohasida 20 yildan buyon mehnat qilib kelaman. Bugungi kunda 30 turdan ortiq mahsulotlarni ishlab chiqaryapmiz. Xususan, sopoldan xumlar, ko‘zalar, gultuvaklar hamda loydan yasalgan milliy o‘yinchoqlarimiz, Al Hakim at-Termiziyning mahobatli maqbarasi aksi tasvirlangan laganlar sayyohlarda qiziqish uyg‘otmoqda. Prezidentimizning “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida biz kabi hunarmandlarning o‘z faoliyatlarini kengaytirishlari uchun imkon yaratadi. Farmonda belgilangan vazifalar hunarmandlar safini yanada kengaytirish va uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Davra suhbati yakunida hunarmandlikka qiziqishi bo‘lgan yoshlar uchun master-klass tashkil etildi.

Zebiniso SAPAROVA,

O‘zLiDeP viloyat Kengashi Yoshlar

bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1725
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Андрей 2019-12-07 00:49:55

Ochig‘i bu odamlar qaerga nimaga saylanib keyin nima ish qilishlarini nechi foiz xalq biladi...?? Qanchasi tushinadi qanchasi yo‘q


Sadoqat2019-11-19 20:23:05

Omad! Umid qilamizki, xalq ishonchini oqlashadi va AMALDA o'zlarini ko'rsatishadi!!!


Зайниддин2019-11-17 20:19:36

Биттасини ҳам танимайман. Депутатликка танилган одамлар номзоди қўйилиши керак? Буларни бирортаси Ўзбекистонни келажаги тўғрисида қайғурмайдиганлар.Республика бўйича шу ҳол.Биронта мен биладиган жонини бабборга бериб сидқидилдан ишлаган одамлар эмас.


Sarvar2019-11-17 10:59:47

O'zLiDeP ga omad.Mening fikrim mana shu partiyaga koplar ovoz beradi.Va men xam.


Shuxrat Muhiddinov Abdullayevich2019-11-17 10:32:38

Biz sizga ishonamiz!!!!


Холмурод Исанов2019-11-10 01:00:20

Номзодларнинг барчаларига сайловда омад тилайман. Депутат булиб сайлангач эса, халкимиз ва Ватанимизга (хукук ижодкорлиги фаолиятида) халол хизмат килишларини узларининг эьтикодига айлантиришларини тилайман.


Холмурод Исанов2019-11-10 01:00:20

Номзодларнинг барчаларига сайловда омад тилайман. Депутат булиб сайлангач эса, халкимиз ва Ватанимизга (хукук ижодкорлиги фаолиятида) халол хизмат килишларини узларининг эьтикодига айлантиришларини тилайман.


Маъмуржон2019-11-09 15:28:04

Жуда зур, вилоят ва туман кенгашлари номзодлари хам тезрок эълон килинса яхши буларди. Бу хакикий демократия.


102019-11-09 15:09:20

Nomzodlar qani chiqmayaptiku


Чарос2019-11-09 08:20:05

Номзодлар орасида суд ва хукук сохасидан мутахассислар жуда кам экан. Кейин нима учун номзодларни расми куйилмаган. жамоатчилик номзодларни ФИШдан кура купрок расми оркали танийди, бу борада миллий тикланиш партиясидан урнак олса булади эринмасдан номзодларни расмини куйибди, баракалла


Fikringizni qoldiring

+