Deputat va’dasining ustidan chiqdi

08.09.2018, 14:54

Deputat va’dasining ustidan chiqdi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Bobur Ahmedov saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi deputatlik birlashmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri B.Abdullayeva, partiya Andijon viloyat Kengashi xodimi R.Niyazova hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Ye.Smesova va J.Jiyanovlar ham ishtirok etdi.

– Oldingi uchrashuvda imkoniyat cheklangan ikki nafar ayolga tikuv mashinasi olishga yordam berishni va’da qilgan edik, – deydi B.Ahmedov. – Bugun ana shu va’damizni ustidan chiqib, Ma’daniyat hamda Dehqonobod mahalla fuqarolari yig‘inida istiqomat qiluvchi Gulmiraxon Atamatova va Ruxsoraxon Qodirovaga tikuv mashinasi olib berdik. Bu esa “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosi uchun g‘oyat muhim omildir.  

Uchrashuv davomida Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan “Xar bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi yuzasidan deputatlarning olib borayotgan ishlari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1193
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умида ИСАЕВА2018-09-10 18:10:22

Шаҳар Кенгаши депутати Б.Ахмедов энг фаол депутатлардандир. Бу каби депутатларга соғлик саломатлик ҳамда жамаотчилик ишларида ривож тилайман. Юртимиз тинч осмонимиз мусаффо бўлсин.


Fikringizni qoldiring

+