O‘zLiDeP deputati fermer muammosi yuzasidan so‘rov yubordi

08.09.2018, 14:58

O‘zLiDeP deputati fermer muammosi yuzasidan so‘rov yubordi

O‘zLiDeP xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari aholi muammolarini o‘rganish bilan birga tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan ham yaqindan  tanishmoqda.  

Maqsad bitta, partiya elektorati vakillarining faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni atroflicha o‘rganish, ularga  partiyaviy vositalar orqali yechim topish, asosiysi, tadbirkor va ishbilarmonlarning erkin samarali faoliyat yuritishlarini ta’minlash.

 Hazorasp tumani Yangibozor hududida joylashgan “Saidov Davlat o‘g‘li Bolta” fermer xo‘jaligi 2005 yilda tashkil etilgan. Umumiy yer maydoni 96 gektardan iborat mazkur xo‘jalik asosan paxta va g‘allaga ixtisoslashgan.

–Fermer xo‘jaligimizni dastlab 4 nafar ishchi bilan boshlagan edik, hozirga kelib ularning soni 13 nafarga yetdi, – deydi fermer xo‘jalik rahbari Boltaboy Davletov. –Shukrki, hosilimiz va daromadimiz ancha yaxshi. Eng so‘nggi, zamonaviy rusumdagi texnikalarni ham olganmiz. Ammo bitta muammoyimiz bor. Texnikalarimizni yozning jazirama issig‘i hamda qishning qahraton sovug‘ida qo‘yishga yer maydonimiz yo‘q. To‘g‘risi, bu masalada tegishli joylarga murojaat qildik, lekin natijadan darak yo‘q.

Muloqotlar davomida ushbu masala ishchi guruh a’zolari tomonidan joyida o‘rganilganda, haqiqatdan ham texnikalar ko‘chada turgani, bu esa o‘tib-qaytuvchi mashinalarga halaqit qilayotgani ma’lum bo‘ldi.  

Mazkur muammo yuzasidan Xalq deputatlari Xazorasp tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari D.Abulov tomonidan tuman yer resurslari va davlat kadastriga so‘rov yuborildi.

Mardonbek ABDIRIMOV,

O‘zLiDeP Xazorasp tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1300
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-08 16:03:01

Партиямиз фаоллари халкимизга якиндан ердамчи булаетганлиги хар бир маколада куриниб тур. Биз бундан хурсандмиз. Хамма харакатларимиз халкимизнинг розилиги учун. Барчага куч кувват тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+