Ishchi guruh “Yazg‘urdbobo” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi

08.09.2018, 15:37

Ishchi guruh “Yazg‘urdbobo” ko‘p tarmoqli  fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi

O‘zLiDeP  Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi va partiya Surxondaryo viloyat Kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruh Termiz tumanidagi “Yazg‘urdbobo” ko‘p tarmoqli  fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi.

– Joriy yilda 12 gektar yerda g‘alla yetishtirib, davlatga 47  tonnadan ortiq g‘alla topshirdik, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Allaberdi Boyxonov. – 23 gektar  maydonda issiqqa chidamli “Yalaton” navli ingichka tolali chigit ekkandik. Ayni paytda paxta hosilini yig‘ib-terib olishga kirishganmiz. Har gektar yerdan 40 sentnerdan hosil olish niyatidamiz.

Shuningdek, partiya faollari fermer xo‘jaligi qoshida tashkil etilgan 10 sotixlik limonzor bilan ham tanishib, xo‘jalik faoliyatini yanada kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berishdi.

O‘zLiDeP  Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1248
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+