Namangandagi maslakdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

08.09.2018, 15:44

Namangandagi maslakdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP faollaridan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Namangan shahrida bo‘lib, hududdagi korxona va tashkilotlar faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab partiya faollari “ART SOFT TEX”, “Porloq tekstil liboslari” hamda “Tekistil Libos” MChJlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni borib ko‘rdi.

–Namangan shahrida 9,9 gektar maydonda tashkil etilgan “Orzu” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 142,3 mlrd so‘mlik  22 ta loyihadan 74 mlrd so‘mlik 10 ta loyiha ishga tushdi, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Ibroxim Sattarov. – Quvonarlisi, yengilsanoat, oziq-ovqat, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi “Orzu Ideal tekstil”, “Porloq tekstil liboslari”, “Sug’diyona fayz tekstil”, “Kvars sanoat servis”, “Bosir tekstil servis”, “Ulug’-B”, “Universal Food Trade”, “Mega eko plast”, “Nurobod sifat tekstil”, “White gold towel textile” kabi korxonalarning ishga tushishi natijasida 1100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ta’kidlash kerak, aholi bilan suhbat va muloqotlar chog‘ida mazkur korxonalarda faoliyat yuritayotgan 50 nafar ishchi-xodim O‘zLiDeP safiga qabul qilindi.  

Rustamjon XAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1231
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Навоий вилоят Кенгаши М.Бекматова 2018-09-08 16:32:39

УзЛиДеП Наманган вилояти Кенгаши томонидан қабул қилинган аъзоларга партиямиз сафидан муносиб ўрин топадилар деб ишонч билдирамиз.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-08 16:08:22

УзЛиДеП Наманган вилояти Кенгаши фаоллари аҳоли билан суҳбат ва мулоқотлар чоғида мазкур корхоналарда фаолият юритаётган 50 нафар ишчи-ходим O‘zLiDeP сафига қабул қилинганлиги бу катта ютук, сафимизнинг фидойи инсонлар билан кенгайиши бизни албатта кувонтиради .


Fikringizni qoldiring

+