Noyob ma’naviy boylikka ega bo‘lgan xalqning farzandi ekanimdan g‘ururlanaman

08.09.2018, 17:52

Noyob ma’naviy boylikka ega bo‘lgan xalqning farzandi ekanimdan g‘ururlanaman

Bugun mamlakatimizda barcha sohada keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qo‘shiqchilikning qadimiy yo‘nalishlaridan biri –  maqom san’atiga berilgan katta e’tibor nafaqat soha xodimlarini, balki maqom qo‘shiqchiligi shinavandalarini ham ruhlantirib yubordi.  

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi anjumanda so‘zlagan nutqlarini hayajon bilan kuzatdik. Davlatimiz rahbari Amir Temur barpo etgan Oqsaroy maydonida o‘tayotgan 1-Xalqaro musiqa anjumani ishtirokchilari va mehmonlarini qutlab, jahon xalqlarining musiqiy xazinasiga aylangan maqom san’atini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish mazkur anjumanning asosiy maqsadi ekanini ta’kidladilar. 

Darhaqiqat, shashmaqom xalqimizning mumtoz musiqiy merosi hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda mumtoz san’atlar, ayniqsa, maqom san’atini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu san’at anjumaniga dunyoning qator davlatlaridan ijodkorlar, mumtoz qo‘shiq ixlosmandlari, san’atshunos olimlar tashrif buyurganini ko‘rib qalblarimiz faxrga to‘ldi. Muhtasham Oqsaroy maydonida maqom san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ustozlar ijro etgan ashulalardan bahramand bo‘ldik.  

Mana shunday noyob ma’naviy boylikka ega bo‘lgan xalqning vakili ekanligimdan yana bir bor g‘ururlandim. Shu bois, avvalo,  xalqaro maqom san’ati anjumani tashabbuskori bo‘lgan Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Yazdon Tashonov,

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman

Kengashi raisining birinchi

o‘rinbosari – apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    1061
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+