50 nafardan ziyod yoshlar O‘zLiDeP faoliyati bilan yaqindan tanishdi

24.11.2017, 18:37

50 nafardan ziyod yoshlar O‘zLiDeP faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Davlatimiz rahbari joriy yil 12 iyulda siyosiy partiyalar vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a’zolari va O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lgan yig‘ilishda yoshlarni siyosiy partiyalar va parlament faoliyati bilan yaqindan tanishtirishni qat’iy vazifa qilib qo‘ygan edi.

O‘zLiDeP “Taraqqiyot Strategiyasi” Markazi bilan hamkorlikda ana shu vazifalarni ijro etish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi parlamentining modeli” loyihasini ishlab chiqib, loyiha doirasida 50 nafardan ziyod yoshlar partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va uning bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

– Mazkur loyiha yoshlarni qonunlarni ishlab chiqish jarayonidagi ishtirokini ta’minlash, ularda siyosiy ong va munozara madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi, – deydi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimi Toir Salimov. – Bu esa ularning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi faol ishtirokini ta’minlaydi. O‘zLiDeP yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan yangi loyihalar ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishda davom etadi.   

Ta’kidlash kerak, mazkur loyiha yoshlarni mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan xabardor qilish, taraqqiyotimizning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha – Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda yoshlar ishtirokini ta’minlash, qabul qilinayotgan qonunlar yuzasidan yoshlardan taklif va tavsiyalar olish maqsadida tashkil etilmoqda.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1331
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Alisher Irgashev2019-11-22 18:02:47

UZIMEI тизимининг ишга тушиши ва эски телефонларни рўйхатдан ўтказиб бўлмаслиги "Инсон шаъни ва қадр қимматини" топталишига давлат миқёсида сабаб бўлмаяптими? Оддий мактаб ўқувчиси мактаб дастурларидан фойдаланиш учун фойдаланаётган телефонни IMEI кодини рўйхатдан ўтказмаслик давлат сиёсатида қандай ўрин тутади?


Fikringizni qoldiring

+