O‘zLiDeP tanlovi buxorolik ijodkorlarni ruhlantirib yubordi

10.09.2018, 15:30

O‘zLiDeP tanlovi buxorolik ijodkorlarni ruhlantirib yubordi

O‘zLiDePning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar  va texnologiyalarni qo‘llab-qo‘vvatlash yili” doirasida e’lon qilgan “Faol tadbirkor — ijodkor nigohida” respublika ijodiy tanlovi buxorolik ijodkorlarning ham quvontirib yubordi.

Tanlov taqdimotida so‘z olgan buxorolik ijodkorlar jamiyatimiz taraqqiyotining  hozirgi bosqichi jurnalistlardan ham yanada faollik ko‘rsatib ishlash, yangi g‘oya va tashabbuslar bilan maydonga chiqishni talab etayotganini qayd etdilar.

– Buxoroda o‘zining ko‘p yillik ish tajribasi, bilimi va dunyoqarashi bilan o‘z hamkasblariga, qolaversa, sohaning yosh vakillariga  o‘rnak bo‘lishga arziydigan tadbirkorlar  oz emas, – deydi hamkor tashkilot mas’ullaridan biri – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari Bosh muharriri  Shodmon Sulaymonov. – Viloyat, shahar va tuman gazetalarida e’lon qilib borilayotgan materiallarda, viloyat  televideniyesi va xususiy telekanallar chiqishlarida ana shunday soha peshqadamlarining matonatli mexnati, el-yurt ma’murchiligini ta’minlash yo‘lidagi say’-harakatlari o‘z ifodasini topmoqda. O‘zLiDeP e’lon qilgan ko‘rik-tanlov ana shu ijodiy jarayonga yangicha ruh bag‘ishlashi turgan gap. 

Taqdimot davomida tanlov shartlari, tanlovga yuborilgan materiallarni baholash me’zonlari  va boshqa masalalar bo‘yicha atroflicha fikr  yuritildi .

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    970
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мухлиса2019-04-25 09:15:08

Ижобий натижалар амалда намоён бўлмоқда. Тадбиркорлар фаолияти учун аъло имконият.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-09-10 15:41:39

Куриниб турганидек партиямиз ташаббуси билан амалга оширилаетган "Фаол тадбиркор — ижодкор нигоҳида” республика ижодий танлови бухоролик ижодкорларнинг ҳам қувонтирди. Хамма янгиликларни еритадиган хакикатдан хам оммавий ахборот воситалари, бу каби курик танловлар янада изланишга янада фаоллашишга асос булади


Fikringizni qoldiring

+