Yoshlar va internet madaniyati

10.09.2018, 15:42

Yoshlar va internet madaniyati

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Guliston tumanidagi Yengil sanoat va servis kasb-hunar kollejida “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda partiya Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi va partiya viloyat, tuman Kengashi mas’ul xodimlari, yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, IIB vakillari, o‘quvchi yoshlar hamda  partiya “Yoshlar qanoti” faollari ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarda axborot olish va uzatish madaniyatini shakllantirish, ertamiz egalarini ma’naviy-ahloqiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan axborotdan qonuniy muhofaza qilish hamda  xavfsiz internet muhitini shakllantirishdan iborat.

– Mazkur tadbir yoshlarni yuksak ma’naviyatli, barkamol avlod etib tarbiyalash, ularda axborot xurujlariga qarshi immunitetni yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi, – deydi O‘zLiDeP Sirdaryo  viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Husan Jabborov. – Chunki bugungi kunda axborot oqimi shiddat bilan tezlashib, beparvo, befarq bo‘lgan yoshlarni o‘z domiga tortib ketayotgani hammamizga yaxshi ma’lum. Shu bois, bugun  yoshlarni har tomonlama himoya qilish va ularni turli yot g‘oyalardan asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. 

Tadbirda mazkur loyiha doirasida viloyatning chekka-chekka hududlarida uchrashuvlar, o‘quv kurslar tashkil etish va yoshlarning internet manbalaridan foydalanish darajasini o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomalar o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

 O‘zLiDeP Sirdaryo  viloyat

Kengashi  matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+