O‘zLiDeP “Xorazm shisha idishlari” MChJda BPT tuzdi

10.09.2018, 15:45

O‘zLiDeP “Xorazm shisha idishlari” MChJda  BPT tuzdi

Shovot tumanidagi “Xorazm shisha idishlari” MChJ yiliga 25 mln dona shisha idishlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Joriy yilda korxonada xorijdan keltirilgan 14,5 mlrd so‘mlik zamonaviy uskunalar o‘rnatilgani ish unumdorligini yanada oshirdi.

Xalq bilan muloqot qilish, joylarda to‘planib qolgan muammolarni hal etish, ayniqsa, aholini hayotdan rozi qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh a’zolari tumanga tashrifi davomida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

–Korxonamizda 200 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi mehnat qiladi, – deydi korxona direktori o‘rinbosari Xikmatillo Qodirov. – Shisha idishlari ishlab chiqarish o‘ta nozik ish. Bu borada xodimlardan o‘ta ehtiyotkorlik va mas’uliyat talab etiladi. Shu bois, korxonamizda har bir xodimning vaqtida dam olishi, ovqatlanishi va ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Korxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekanmiz, “Sifat nazorat” bo‘limi faoliyati bilan ham qiziqdik. Korxona mutaxassisining aytishicha, bu yerda 12 xil o‘lchamdagi shisha idishlarning diametrik o‘lchamlari, parametrlari GOST talablari asosida har ikki soatda tekshirilib, mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilar ekan.

Muloqot so‘nggida korxona ishchi-xodimlarining 8 nafari partiya a’zoligiga qabul qilinib,  korxonada boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi.                                                      

Mashxurbek MATNIYOZOV,

O‘zLiDeP Shovot tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    520
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+