O‘zLiDeP ishchi guruhi “Yangi shahar” mahallasiga ichimlik suvi olib kelishga yordam beradi

10.09.2018, 17:22

O‘zLiDeP  ishchi guruhi “Yangi shahar” mahallasiga  ichimlik suvi olib kelishga yordam beradi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi ishchi guruhi a’zolari Surxondaryo viloyati aholisi muammolarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lishdi.

Muloqot chog‘ida “Yangi shahar” MFY, “Ibn Sino” ko‘chasida yashovchi aholi bir necha yildan buyon toza ichimlik suvi muammosidan aziyat chekib kelayotganlarini ma’lum qildi.   

Muammo ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganilib, Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi ko‘magida Suvoqava DUKga deputatlik so‘rovi chiqarildi.   

Muloqot davomida "Yangi shahar" MFYda yashovchi Nazar Qobilov 2, Barno Yangiboyeva esa 1 sotixlik tomorqasida issiqxona tashkil etish uchun “Milliybank” Qumqo‘rg‘on tuman filialiga 2 oy oldin hujjat topshirishganini aytishdi. Lekin hozirga qadar kredit ololmayotganlari yuzasidan murojaat qilishdi.

Ushbu murojaat ham “Milliybank” Qumqo‘rg‘on tuman filiali rahbariyati bilan hamkorlikda yechim topadigan bo‘ldi.

Murod EShNAZAROV

O‘zLiDeP Surxondaryo

viloyat Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    975
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+