O‘zLiDeP ishchi guruhi piyoz ekib, chuv tushgan surxondaryolik dehqonlar bilan uchrashdi

10.09.2018, 17:41

O‘zLiDeP ishchi guruhi piyoz ekib, chuv tushgan surxondaryolik dehqonlar bilan uchrashdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi ishchi guruhi tadbirkor, fermer hamda tomorqa yer egalari muammolarini ham o‘rgandi.

– Yaxshi niyat bilan piyoz ekkandim, – deydi Sho‘rchi tumani “Bobur” mahallasida yashovchi Xolboy Qurbonov kuyunchaklik bilan. – Kutilgandan-da ziyoda, 60 tonna hosil oldik. Har yili o‘zimiz xaridor izlab, mahsulotlarimizni sotardik. Bu yil esa “O‘zagroeksport” tomonidan mahsulotlarimizning sotib olinishini eshitib xursand bo‘lgan edik. Boshqa xaridor ham izlamadik. Ammo ular 60 tonna u yoqda tursin, 60 kilogram ham piyoz sotib olishmadi.

Fermer  yetishtirgan  hosilini “O‘zagroeksport”ga topshirish uchun qatnayverib, tuflisining  tovoni  teshildi. Birida “navbatingiz  kelsa, olamiz”, deyishdi. Ikkinchisida “eksport tugadi” deya  qisqa  va  lo‘nda gapni aytishdi, qo‘yishdi.

Sho‘rchi tumani “Shaldiroq” mahallasida yashovchi Alimardon Boltayev ham 1 gektar  maydonga  piyoz  ekib, 25 tonna hosil oldi. “O‘zagroeksport” xodimlari kelib, 1 kilogram piyozni 800 so‘mdan baholashdi va olishga va’da berishadi. Biroq...

– Ular bor-yo‘g‘i yetti tonna piyoz olishdi, xolos, – deydi tadbirkor. Keyin “Boshqa piyoz ololmaymiz, vagon yo‘q” deya jo‘nab qolishdi. Piyoz tez aynuvchi mahsulot bo‘lsa-da, masalaning oxiri bilan ularning bir pullik ham ishi bo‘lmadi. 35 million xarajat qilgandik. Mas’ullarning mas’uliyatsizligi tufayli qilgan xarajatimizni ham qoplay olmadik.

Dehqonlar bilan suhbat davomida piyozlarning ancha vaqt turib chirib ketayotgani, aynib har xil yomon xid chiqirayotganligi sababli aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirishayotgani, eng achinarlisi piyozlarni chorva mollariga yedirishayotganini kuyunchaklik bilan gapirib o‘tishdi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1379
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Азамат2018-09-14 14:11:21

Мана шунака маъсулиятсиз экспортчиларга ишониб, чув тушиб колган дехконлар (тадбиркорлар) кейин нима киларини билмай "УЗБЕКИСТОННИ онасини" деб хар хил яхши булмаган сузларни айтиб Россияда юрганларини курдим. Унинг учун нима килиш керак? Узагроэкспортдаги маъсулиятсиз ходимларни ёлгон ваъда бериб халкни алдагани учун мол-мулкини мусодара килиб жабрланувчиларни харажатини коплаш керак. Ана ушандагина дехконларимиз кунглини тук килиб далада ишлашни давом этишади


Бой дехкон2018-09-12 19:11:59

Кх ЖУДА НОЧОР АХВОЛГА ТУШИБ БОРМОКДА. МУСТАКИЛЛИК ДАВРИДА ИЛК БОР БУ ЙИЛ ЕРЛАР ЭКИЛМАЙ КОЛДИ . КУЗГИ ТУКСОНБОСТИ ЭКИНЛАР ХАРИДОР ЙУКЛИГИ САБАБЛИ НАРХИ ПАСТ БУЛДИ МИНГЛАБ ТОННА САРИМСОК АХЛАТГА ТАШЛАНДИ . ПИЕЗ ХАМ ШУНДАЙ ТАКРОРИЙ ЭКИНЛАР МОШ ЛОВИЯ ЕРЕНГОК НАРХИ ЯРИМ БАХОСИГА ТУШИБ КЕТДИ ЭКСПОРТЧИЛАРНИ ИШЛАМАСЛИГИ ДАВЛАТНИ ВАЛЮТА ТУШИМИНИ ОДАМЛАР ДАРОМАДИНИ ЙУККА ЧИКАРДИ . КУПЧИЛИК РОССИЯГА ОТЛАНДИ . ИШ УРИНЛАРИ КИСКАРДИ ФАЛОКАТ БУ ФОЖЕА


Fikringizni qoldiring

+