O‘zLiDeP ishchi guruhi “Soyot avtomabilchi” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

11.09.2018, 11:54

O‘zLiDeP ishchi guruhi “Soyot avtomabilchi”  korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Xiva tuman Kengashi deputati Masharif Bekchanov rahbarligidagi "Soyot avtomabilchi” MChJda bugungi kunda 50 nafardan ortiq yoshlar ish bilan band.  Mazkur korxonada sut va non mahsulotlari, milliy shirinliklar, turli xil sharbatlar ishlab chiqariladi.

Joylarda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularga partiyaviy vositalar orqali yechim topishni maqsad qilgan ishchi guruh a’zolari mazkur tsehlarda bo‘lib, ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

"Soyot avtomabilchi”ning qaysi tarmog‘iga kirmaylik, yangi, zamonaviy uskunalar bilan ishlanayotgani, har bir yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli  rejalar ishlab chiqilganining guvohi bo‘ldik.

Birgina quyonxonada bugungi kunda 500 tadan ortiq naslli quyonlar ko‘paytirilib, go‘shti va terisi mahalliy va xorijlik xaridorlarga yetkazib beriladi. Mevani qayta ishlash sexiga yaqinda Avstriyaning “Voron” kompaniyasidan meva va sabzavotlarni qayta ishlaydigan zamonaviy liniya olib kelindi. Endilikda mazkur sex 7,5 tonna meva va sabzavotlarni qayta ishlash quvvatiga ega. Har smenada 5 tonna tabiiy sharbat olinib, qadoqlanmoqda.  

Non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexida esa har smenada 6100 dona non va non mahsulotlari, 15 turdan ortiq milliy shirinliklar aholi dasturxoniga yetkaziladi. Eng asosiysi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bozor narxlaridan juda arzon.

Korxonada 53 mln so‘mlik doimiy va mavsumiy issiqxonalar ham tashkil etilgan.

- Yaqinda Yaponiyalik xaridorlar bilan quritilgan o‘rik mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladik, – deydi korxona rahbari M.Bekchanov. – Quyonchilik bo‘yicha ham xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilishni boshlaymiz. Ular bilan ham shartnoma imzolash arafasidamiz.

Tinib, tinchimas tadbirkor yaqinda echkichilik, chorvachilik tarmoqlarida ham ishlar boshlanishi, kelgusida yana 2 ta sovutkich o‘rnatish, quritilgan mevalarni eksportga chiqarish niyatida ekanini bildirdi.

Nilufar Djabbarova

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1110
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+