O‘zLiDeP ishchi guruhi Kegayli tuman aholisi bilan muloqot qildi

11.09.2018, 11:59

O‘zLiDeP ishchi guruhi Kegayli  tuman aholisi bilan muloqot qildi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh vakillari Prezidentimizning “Obod qishloq” dasturidan kelib chiqib, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, ularning muammo va takliflarini eshitish maqsadida chekka-chekka hududlarda bo‘lmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Kegayli tumanida ham tashkil etildi. Ishchi guruh a’zolari “Baxitli” va “Quyoshli” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

– Mahallamizda 4 ming 194 nafar aholi tinch va osuda turmush kechirib kelmoqda, –  dedi “Baxitli” MFY raisi X.Qurbanniyazov. – Mahalladagi har bir xonadon egalari bilan yuzma-yuz suhbatlashish jarayonida kredit olish va ishsizlik bo‘yicha muammolar borligi aniqlandi.   

– Anchadan buyon ishsizman, – deydi “Baxitli” MFYda istiqomat qiluvchi Tazaboy Jiyemuratov. – Ro‘zg‘orimni tebratish uchun turli tashkilotlarga ish so‘rab bordim. Lekin ish topilmadi. Ishchi guruhdan uyimning yaqinida joylashgan paxta tozalash zavodiga ishga kirishga yordam so‘radim.

T.Jiyemuratovning mazkur murojaati bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.    

Xonadonma-xonadon suhbat qilish jarayonida partiya olib borayotgan ishlar, O‘zLiDePning dasturi va g‘oyasi “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati ham kengroq tushuntirildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1007
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-09-11 14:59:20

УзЛиДеП ташаббуси билан ташкил этилган ишчи гурух тамонидан амалга оширилаетган сухбатлар, тушинтиришларниинг самарасини куринмокда. Бу халкимизга деган эътибор. Уларнинг яхши яшаши, хар бир хонодоннинг тукин-сочинлигини, бандлигини таъминлаш уларни хар тамонлама куллаб кувватлаш максадида амалга оширилаетган хайрли ишлардан халкимиз рози.


Қизилтепа тумани бўлими Сарвиноз Холматова 2018-09-11 13:53:08

Партиямиз вакиллари томонидан мана шундай ташаббус билан чиқиб, ҳалқни орасида уларнинг дардини энгиллатиш мақсадида муаммолари ўрганиб чиқишлари замирида Мухтарам Президентимиз айтганларидек, ҳалқни рози қилишдир. Партиямизга бўлган ишонч янада ошаверсин.


Fikringizni qoldiring

+