O‘zLiDeP faollari Yunusobod tumanidagi 50 ta xonadon egalarining holidan xabar oldi

11.09.2018, 16:40

O‘zLiDeP faollari Yunusobod tumanidagi 50 ta xonadon egalarining holidan xabar oldi

Partiya faollari Yunusobod tumanida joylashgan  “Mirzo Ulug‘bek”, “Qashg‘ar”, Buyuk Turon”, “Matonat” MFYlaridagi 50 ta xonadonga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan ishsizlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi yigirmadan ziyod murojaatlar kelib tushdi.  

– Ikkinchi guruh nogironiman – deydi “Buyuk Turon” MFYsida istiqomat qiluvchi nafaqaxo‘r Gulnur Bogoviyeva. – Boquvchim yo‘q. Holimdan xabar olgan partiya xodimlari menga har yili olinadigan muolajam uchun moddiy yordam berishlarini aytishdi. Bunday savobli ishlarning keti uzulmasin. Men kabi yolg‘iz qariyalar holidan xabar olgan O‘zLiDeP partiyasiga minnatdorchiligimni bildiraman. 

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1085
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+