“Jo Smart Advice” korxonasi Andijonda master klass o‘tkazdi

23.11.2017, 20:41

“Jo Smart Advice” korxonasi Andijonda master klass o‘tkazdi

Andijon qishloq xo‘jaligi institutida O‘zLiDeP  Andijon tumani Kengashi tashabbusi bilan “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb kilish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda partiya tuman Kengashi qoshidagi “Yosh liberallar” klubi a’zolari, talabalar, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar hamda poytaxtimizdagi “Jo Smart Advice” kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimiz taraqqiyotining besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati”ning mazmun-mohiyatini o‘rganish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

– Uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida yirik korxona va tadbirkorlik sub’ektlarida ana shunday uchrashuvlar tashkil etilmoqda, – deydi O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Oyjamol Zaylobidinova. – Mazkur davra suhbatida ham bir guruh tadbirkorlikka ishtiyoqi baland yigit-qizlarga tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berildi.

Tadbir davomida “Jo Smart Advice” kompaniyasi rahbari Javlonbek Otaxonov tomonidan tadbirkorlikka bag‘ishlangan forumlar, biznesning yangi innovatsion strategiyalari hamda moliyaviy ko‘mak masalalari buyicha malumotlar berilib, dunyoning taniqli va ilg‘or tadbirkorlari faoliyati misolida yoshlar uchun biznes-trening va master-klass o‘tkazildi.

Naziraxon TOLIPOVA,

O‘zLiDeP Andijon tuman

Kengashi BPT konsultanti

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1781
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+