O‘zLiDeP Xorazmdagi “KATQALA TEKS” MChJda BPT ochdi

11.09.2018, 17:00

O‘zLiDeP Xorazmdagi “KATQALA TEKS” MChJda BPT ochdi

“UZTEX GROUP” kompaniyalar guruhi O‘zbekiston Respublikasida to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik vertikal kompaniya xisoblanadi. “KATQALA TEKS”, “UZTEX SHOVOT”, “SHOVOT TEKSTIL” ham ana shunday korxonalar sirasiga kiradi.    

Ishchi guruh a’zolari viloyatdagi yirik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishar ekan, “KATQALA TEKS” korxonasi ishchi-xodimlari bilan muloqot qildi.

Bosh direktor Umrbek Abdullayevning aytishicha, bugungi kunda qo‘shma korxonada 750 dan ortiq ishchi-xodim mehnat qiladi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar esa Ukraina, Rossiya, Moldaviya, AQSh, Kanada davlatlariga eksport qilinmoqda. E’tiborlisi, yiliga 70 mln dona paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada xodimlar malakasini oshirish uchun Turkiya, Pokiston davlatlaridan tajribali mutaxasislar jalb qilingan.

Shuningdek, xorijdan tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun Yevropa standartlari asosida korxonaning alohida mehmonxonasi faoliyat yuritmoqda.  Yangi kelgan xodimlar stipendiya olgan holda 4 oylik o‘quv kurslarida o‘qitilib, so‘ngra ish boshlaydilar. Bu bilan korxonada xodimlar salohiyati oshishiga ham erishiladi. 

–Korxonamizda haftaning har dushanba kuni yig‘ilish o‘tkaziladi. Unda o‘tgan haftada bajarilgan ishlar bilan birga galdagi vazifalarni belgilab olamiz, – deydi korxonaning Moliyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bekzod Yo‘ldoshev.  – Bundan tashqari, boshlang‘ich partiya tashkilotimiz a’zolari bilan mamlakatda qabul qilinayotgan yangi qonunlar, davlat dasturlarining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirish borasida fikr almashamiz.

Ta’kidlash kerak, korxonada xodimlarning ishdan bo‘sh vaqtida ma’naviy dam olishlarini tashkil etish maqsadida spektakl, teatrlarga sayohatlar ham uyushtiriladi.

Tadbir so‘ngida ushbu korxona qoshida O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

Jumanazar QURBANOV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    534
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+